21.10.2022
76

G'USL VOJIB BO'LGANDA O'RILGAN SOCHGA SUV TEKKIZISH KIFOYAMI?


"G'usl" so'zi lug'atda biror narsaning ustidan suv oqizishni anglatadi. 
Shariatda esa Alloh taologa qurbat niyatida badanning hammasiga suv oqizishga "g'usl" deyiladi. 
G'uslning farzi 3 ta bo'lib, ular og'izni yaxshilab chayish, burunni mubolag'a bilan yuvish, badanning hammasini yuvish. 
Alloh taolo Moida surasi 6 - oyatida shunday marhamat qiladi: 
"Agar junub bo'lsangiz, poklaninglar" 
Demak, yuqoridagi oyatdan ma'lum bo’ldiki, butun badanni yuvish farzdir. 
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda shariat belgilab qo'ygan qoidalarni buzib, go'yoki "shariatdagi yengilliklarni topib" shariatni chegaralarini buzgan "fatvo sohiblari" uchrab turibdi. Biri paypoqqa masx tortish joiz desalar, yana birlari g'usl vojib bo'lgan ayol o'rilgan sochning ostiga suv tekkizsa kifoya deya musulmonlarni ibodatlarini asosi bo'lgan mukammal poklik yo'lidan adashtirmoqdalar. 
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:
"Nabiy s.a.v. : 
"Albatta, har bir tuk tolasi ostidan junublik bor. Bas, sochni yuving va badanni poklang", dedilar".
(Termiziy va Abu Davud rivoyat qilishgan.)
Ushbu hadisning boshqa bir rivoyatida: 
"Kim junublikdan bir tuk o'rnini yuvmay qoldirsa, do'zaxda undoq qilinadi, bundoq qilinadi", dedilar.
Ali:
"Shuning uchun boshimni dushman tutdim", deb 3 marta aytdi. U sochini qidirib yurar edi", deyilgan. 

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
"Men: 
"Ey Allohning Rosuli, men sochimni mahkam qilib o'rib yuradigan ayolman. Junublikning g'usli uchun uni yoyishim kerakmi?" dedim. Ul zot: 
"Yo'q, sen uchun boshing ustidan uch hovuch suv quyishing kifoya qiladi. So'ngra ustingdan suv quyasan. Bas, pok bo'lasan", dedilar". 
(Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.)
Yuqoridagi dalillardan xulosa qilib aytilsa, ba'zi  ayollarning sochi juda qalin va jingalak bo'lib, odatda, uni o'rimdan yechib  yurishlari qiyinchilik tug'diradi.  Shu sababli doimo sochlarini o'rib yuradilar. Yuqorida sanab o'tilgan sifatlarga ega bo'lib, sochi doim o'rilgan holatda bo'ladigan ayol junub holati boshiga 3 marta suv quyadi, masx tortmaydi, yoki tagini shunchaki namlab qo'ymaydi. Sochning ostiga to'liq suv yetganiga ishonch hosil qilishi kerak. Hayzdan poklangan ayol esa sochi qanday holatda bo'lmasin, to'liq yechib yuvishi kerakligiga ulamolar ittifoq qilishgan.

 

F. Ibrohimova 

Другие новости

Vaqf ma'nosi va turlari
31.03.2023 1
Vaqf – Islom shariatiga Qur'on, Sunnat va ijmo' bilan sobit bo‘lib kirgan mustahab amal.Vaqf so‘zi lug‘atda «tutib turish», «to‘xtatish» ma'nolarida keladi. Vaqf - narsani Alloh mulki hisobida saqlashdir. Ya'ni, vaqf...
Подробнее
ISLOM SUG'URTA TIZIMI VA UNING TAMOYILLARI
30.03.2023 2
Islom sug'urtasi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin, jumladan takaful, vaqf, o'zaro yordam jamg'armalari va o'zaro sug'urta ko'rinishida. Misol uchun, “takaful” arabcha so'z bo'lib “o'zaro kafolatlash” ma'nosini bildiradi va O'zbеkiston qonunchiligida...
Подробнее
Soxta salafiylik illatlari
26.10.2022 73
Payg‘ambarimiz (s.a.v) hali hayotlik paytlaridayoq, avvalgi ummatlarda bo‘lgani kabi vaqti kelib, islom ummatida ham firqalanish, bo‘linish yuzaga kelishini xabarini berganlar. Mana shunday vaziyatda Payg‘ambarimiz (s.a.v) bizga, O‘zlarining sunnatlari va sahobalarining...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry