28.01.2022
375

Axborot resurs markazi haqida

 

Axborot resurs markazi(ARM) o‘z mehnat faoliyatini «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi» 2007 yil 20 iyundagi PK-381-conli qarori va talabalar talab-takliflariga muvofiq holda olib boradi.

ARM ga kitoblar asosan Toshkent shahridagi nashriyotlardan, oliy ta’lim muassasalari nashriyotlaridan, O‘MIning «Movarounnahr»nashriyoti va kitob do‘konlaridan olib kelinadi. Ta’lim muassasasi talabalarining o‘quv darsliklariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida faoliyat yuritadi. Bu kitoblardan talabalar va o‘qituvchilar o‘z bilimlarini oshirishda unumli foydalanadilar.

ARMga 4ta kompyuter, 2ta printer moslamasi taqdim etilgan. Axborot-resurs markazi fondida 777 nomdagi 18120 dona kitob bor. Axborot–resurs markazi ananaviy uslub bilan bir qatorda zamonaviy uslubda ham ish yuritmoqda. Jumladan, ARM zamonaviy kitob javonlari bilan ta’minlangan. Kitoblar bibliografiyaga mos ravishda javonlarga joylashtirilgan.

1. Axborot–resurs markazida «Prezident asarlari va Milliy istiqlol g‘oyasi», «Mustaqillik-oliy ne’mat», Diniy ekstremizmga qarshi kurash, «2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» «YOshlar kutubxonasi» nomlari ostida ko‘rgazmali burchak tashkil qilingan. Ta’lim muassasasi talabalari, o‘qituvchilari va xodimlarning kundalik nashrlardan foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ular «Xalq so‘zi», «Ma’rifat», o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi , kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining «Kasb-hunar ta’limi» ilmiy-uslubiy jurnali kabi gazetalar, shuningdek, «Islom nuri» va «Hidoyat» jurnali kabi diniy-ma’rifiy nashrlardan muntazam ravishda foydalanadilar.

Bugungi kunda Axborot-resurs markazida zamon talablariga javob beradigan o‘quv zali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan hamda adabiyotlar talab darajasida saqlanmoqda. Talabalar va o‘qituvchilar qatnovi, olayotgan kitoblarini nazorati kuchaytirilib, Axborot-resurs markazida kundalik ish yuritish daftari yo‘lga qo‘yilgan. Kitoblar haqida ma’lumotlarni tez va oson topish uchun “katalog byurosi” hamda “katalog qutisi” joriy qilingan. Ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalarining talab-takliflari muntazam o‘rganib borilib, O‘MI tomonidan 83 nomli 329 (dona) badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar keltirildi.

ARM fondining asosiy qismini ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv adabiyotlar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tashkil etadi. 2017 yildagi ko‘rsatgichi – umumta’lim kitoblar soni 3567 ta, maxsus fanlardan darsliklar soni 5259 ta, arab tilidagi darsliklar va adabiyotlar soni 4234 ta, badiiy adabiyotlar soni 1145 ta, ilmiy-ommabop kitoblar soni 3905 tani tashkil qiladi. Jami axborot-resurs markazida 18120 ta kitob mavjud.

 

Другие новости

Madrasa xazinasi. Qozi Iyozning Shifo kitobi
14.01.2024 174
Qozi Iyozning “Shifo” kitobi Muhammad sollalohu alayhi vasallamning haqlarni tanitish to‘g‘risida. Tarjimon va izohlar muallifi Jaloliddin Hamraqulov. Bu kitob ilmiy ommobop kitobdir Kitob to’rt bob, 458 betdan iboratdirAbu Bakir Tohir...
Подробнее
"Madrasa Xazinasi"
05.12.2023 149
Movarounnahrga islom dini kirib kelishi bilan u bilan bog‘liq ilmlar ham rivojlana boshladi. Jumladan, yurtimizda fikx ilmi va uning tarmoqlari, ya’ni usulu-l- Fiqh va furuu-l-fiqh bo‘yicha yetuk olimlar sulolasi shakllandi,...
Подробнее
Madrasa xazinasi. "Mishkot al-masobih sharhi"
27.11.2023 166
Ushbu asar nafaqat qadim Movarounnahr madrasalarida, balki Usmoniylar saltanati xududlarida ham, Hindiston-Pokiston o‘lkalarida ham hadis fanidan darslik bo‘lib xizmat qilib kelgan. Uni o‘qigan talabalarni «Mishkotxon» deb ehtirom kilib kelingan va...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry