Madrasa xazinasi. "Mishkot al-masobih sharhi"
Ushbu asar nafaqat qadim Movarounnahr madrasalarida, balki Usmoniylar saltanati xududlarida ham, Hindiston-Pokiston o‘lkalarida ham hadis fanidan darslik bo‘lib xizmat qilib kelgan. Uni o‘qigan talabalarni «Mishkotxon» deb ehtirom kilib kelingan va ularga ushbu asarni ustoz huzurida o‘qib chiqqanligi to‘g‘risida o‘ziga xos ijoza shahodatnoma berilgan. Tarixchilar ushbu asarni XVI asrdayok Buxoro madrasalarida o‘qitilganini aniqlaganlar. Demak, bugungi kun avlodi jonajon yurtimiz tarixidagi, vatanimiz oliy o‘quv yurtlarida kariyb besh yuz yil darslik bo‘lib kelgan asar bilan tanishishga haqlidirlar.
Bu moʻtabar kitob taniqli muxaddis olim Valiyuddin Abu Abdullox Muxammad ibn Abdullox Xatib at-Tabriziy (vaf. 741 x./1340 m.) "raxma- tullohi alayh kalamiga mansub bo‘lib, «Mishkot al-Masobih» («Chiroqlar tokchasi») deb nomlanadi. U bilan muallif sevimli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning muborak hadislarini buyuk qalblaridan taralishiga ishora qilganlar. Yoki hadisi shariflarni chiroqqa, o‘z kitobini esa chiroqlar qo‘yiladigan tokchaga o‘xshatganlar. Shu- ningdek, asar nomi o‘z manbasi va asosi bo‘lmish «al-Masobih» kitobiga ham ishora qiladi. U esa Muhyissunna Xusayn al-Bag‘aviy (436-510 x./1044-1117 m.) rahmatullohi alayh qalamiga mansub bo‘lib, unda to‘rt ming atrofida hadislar bo‘lgan. Valiyuddin at-Tabriziy rahimahulloh esa uni qayta ishlab, xadislar sonini qariyb olti mingga yetkazib, mukammal holatga keltirgan.
Ushbu asarning bir qancha sharhlari bor bo‘lib, bizning yurtlarda mashhur bo‘lgan sharhlarini esa ikki nafar hanafiy muhaddis olimlari yozishgan. Ulardan biri Mavlono Ali al-Qori (vaf. 1014 x./1606 m.) raximahulloh tomonidan bitilgan «Mirkot al-mafotih» nomli sharhi, ikkinchisi esa Abdulxaq Buxoriy Dexlaviy (958-1052 x./1551-1642 m.) rahimahulloh tomonidan yozilgan "Lamaot at-Tankix sharhu Mishkot al-masobih" asari hisoblanadi.
«Mishkot al-masobih» asari zamonaviy manbashunoslik va ilmiy izohlash uslublariga amal qilgan holda sharhlangan. Asarning o‘zbek tiliga to‘liq akademik tarjimasi va ilmiy-izohli sharhi ikki moʻtabar sharh «Mirkot al-mafotih» va «Lamaot at-Tankix sharhu Mishkot al-Masobiy», shuningdek, «Xayr al-mafotih sharhu Mishkot al-Masobih» asarlari, qo‘lyozma va toshbosma manbalar hamda zamondosh olimlarning yozgan sharxlari asosida tayyorlanib ilk bor nashr etilmokda.
Shu bilan birga «Mishkot al-masobih» kitobini sharh qilishdan oldin xadis ilmi istilohlari to‘g‘risida sodda va qisqa bayon qilishni iroda kildik. Shu maqsadda odatda «Mishkot al-masobih» kitobini o‘qishda ilm toliblari o‘rtasida dars qilib o‘qiladigan muhaddis alloma Abdulxaq Dehlaviy rahimatulloh alayhning «Muqaddimatun fi mustalahoti ilmi-l-xadis», ya’ni «Hadis ilmi istilohidagi muqaddima» kitobini ixtiyor kildik. Ushbu kitob «Mishkot al-masobih» kitobining sharhiga kirishish uchun kifoya qiladigan darajada, ortiqcha bahslardan xoli moʻjazgina risoladir. Ilm ostonasidagi kishilar ham undan foyda olgani kabi olim kishilar ham undan behojat emas.
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati xodimasi S.Saidxanbaleva