05.12.2023
139

"Madrasa Xazinasi"

Movarounnahrga islom dini kirib kelishi bilan u bilan bog‘liq ilmlar ham rivojlana boshladi. Jumladan, yurtimizda fikx ilmi va uning tarmoqlari, ya’ni usulu-l- Fiqh va furuu-l-fiqh bo‘yicha yetuk olimlar sulolasi shakllandi, nodir asarlar yaratildi. Abu Hafs Kabir Buxoriy (150/768-216-17/832 yy.) Movarounnahrga fikx ilmini olib kirishdan tashqari uning taraqqiyotiga munosib xizmat qildi. Olim yetuk faqih Muhammad ibn Hasan Shayboniy (vaf. 189/805 y.)ning shogirdi bo‘lib, Buxoro fiqh maktabiga asos soldi.

U dastlabki ilmlarni o‘z yurtida egallaydi, so‘ngra Bag‘dodga borib, u yerda Abu Hanifaning shogirdlari, jumladan, Muhammad ibn Hasan va Abu Yusuflarning ilmiy majlislarida ishtirok etadi, "Mabsut" kitobini ko‘chiradi. Abu Hafs Buxoriy ulardan keyingi o‘rinda turadigan eng kuchli, ishonchli va taqvodor fakix hisoblangan.

Abu Hafs Kabir fiqh, hadis va kalom ilmlarining bilimdoni sanaladi. Abdulloh Subazmuniy o‘zining "Kashfu-l-osor" asarida Abu Hafs Kabir va uning avlodlarini Buxorodan chikkan ilk hanafiy muxaddislar katorida zikr etadi.

Ilmiy manbalarda XI asrgacha faqihlar orasida ilohiyotga doir masalalar ham muhokama etilganligi, jumladan, Buxoroda Abu Hafs Buxoriy, Samarqandda "Iyodiya" va "Juzjoniya" kabi ilohiyot maktablari faoliyat yuritgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

Abu Hafs Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qo‘shgan madrasaga asos solgan. U o‘z zamonasining mashhur madrasalaridan sanalib, hozirgi "Poyi Kalon" mavzesida joylashgan va u Buxoroda XІІІ asrda ham faoliyat yuritgan.

Narshaxiyning ma’lumotiga ko‘ra, Abu Hafs Kabir talabalarga dars berib, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab, kamolga yetkazdi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs (Abu Hafs Sag‘ir), Abu Ja’far Rizvon ibn Salim Badokoriy, Abul Hasan Muqotil ibn Said Baydariy, Muhammad ibn Hotam Subizug‘ukiy, Abu Zahhok Fadl ibn Xasson Sutikaniy, Horis ibn Abul Vafo Buxoriy, Abu Said Sulaymon ibn Dovud Sharg‘iylar shular jumlasidan sanaladi.

Abu Hafs Kabirning shuhrati islom olamiga keng tarqaldi. Olimlar unga "Muallimi islom" ("Islom dinini o‘rgatuvchi muallim") nomini berdilar, uning sharofati bilan Buxoroni "Kubbatu-l-islom" ("Islom dini gumbazi") va u yashagan mahalla darvozasini "Xakrox" ("Haq yo‘l") deb atashgan. Ma’lumotlarga qaraganda, arab diyori olimlari ham biror masalaning javobini topishda qiynalib qolishsa, Buxoroga Abu Hafs Kabirning oldiga odam yuborib, o‘sha masalaning yechimini bilib olishar ekan. Narshaxiyning aytishicha, hojilar karvoni kelayotganida, karvondan bir kishi Abu Hafsning yoniga kelib, undan masala so‘raganda, Abu Hafs hayratlanib: "O‘zing Irokdan kelyapsan, nima uchun Iroq olimlaridan so‘ramading?", debdi. U: "Bu masalada Iroq olimlari bilan munozara qildim, lekin ular qoniqarli javob bera olmadilar va menga Buxoroga borib, bu masalani Abu Hafsdan yoki uning farzandidan so‘ragin, ular senga javobini aytishadi, deyishdi", - deb javob beribdi.

Muallif tadqiqot jarayonida Abu Hafs Kabir Buxoriy qalamiga mansub "Kitobu-t-taxrij", "Favoid", "Fatovo" va "Masoil” kabi asarlar borligini aniqlagan hamda ko‘plab manbalar asosida olimning bergan fatvolarini jamlagan.

Umuman olganda, mazkur risola yurtimizda tug‘ilib, islom madaniyati rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan faqih, muhaddis, mutakallim, keng qamrovli olim Abu Hafs Kabir Buxoriy hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan dastlabki ommabop asarlardan sanaladi. Kitob o‘zining soddaligi, bayon uslubining yengilligi bilan keng kitobxonlar jamoasi tomonidan foydali asar sifatida qabul qilinadi, deb umid bildirib qolamiz

Другие новости

Madrasa xazinasi. Qozi Iyozning Shifo kitobi
14.01.2024 161
Qozi Iyozning “Shifo” kitobi Muhammad sollalohu alayhi vasallamning haqlarni tanitish to‘g‘risida. Tarjimon va izohlar muallifi Jaloliddin Hamraqulov. Bu kitob ilmiy ommobop kitobdir Kitob to’rt bob, 458 betdan iboratdirAbu Bakir Tohir...
Подробнее
Madrasa xazinasi. "Mishkot al-masobih sharhi"
27.11.2023 151
Ushbu asar nafaqat qadim Movarounnahr madrasalarida, balki Usmoniylar saltanati xududlarida ham, Hindiston-Pokiston o‘lkalarida ham hadis fanidan darslik bo‘lib xizmat qilib kelgan. Uni o‘qigan talabalarni «Mishkotxon» deb ehtirom kilib kelingan va...
Подробнее
Axborot resurs markazi haqida
28.01.2022 363
Axborot resurs markazi(ARM) o‘z mehnat faoliyatini «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi» 2007 yil 20 iyundagi PK-381-conli qarori va talabalar talab-takliflariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry