06.03.2023
136

"XADICHAI KUBRO" AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O‘QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI TAQDIRLANDI

 

 

"XADICHAI KUBRO" AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O‘QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI TAQDIRLANDI

Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan "Xadichai Kubro " ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilari, xodimalari va talabalariga pul mablag‘lari topshirildi.
Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari hamda masjid imom-xatiblarining olib borayotgan faoliyatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘MI raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, O‘MI raisi o‘rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov, Vaqf fondi boshqaruvi rahbari Ziyovuddin Mirsodiqov, O‘MIning viloyatlardagi vakillari, oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassaalari rahbarlari va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori Nozima Ibragimova, bir guruh o‘qituvchilar, xodimalar va talabalar ishtirok etdilar.
Tizimda fidoyilik bilan mehnat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilar, talabalar hamda imom-xatiblar bir martalik pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirildi.
Shu jumladan “Xadichai Kubro ” ayol-qizlar  o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasidan   Qur‘oni Karim va tajvid fani o‘qituvchisi Gulruh Kenjaboy 5 000 000 so‘m, hadis fani o‘qituvchisi Gaipova Joziba 5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birga ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan  xodima Rustamova Malikaga 1 500 000 so‘m  mukofot pullari taqdim qilindi.

Qolaversa, ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan 3-kurs talabasi Yusufiy Ruqoyya   va 2-kurs talabasi Nigmatova Muhsinaga ham 3 000 000 so‘mdan mukofot pullari taqdim qilindi.


"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat"  bo'limi

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 69
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 56
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 60
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry