07.03.2023
160

"XADICHAI KUBRO " AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA INTELLEKTUAL BELLASHUV - JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT


Joriy yilning 7-mart kuni ta‘lim muassasasida "Jaholatga qarshi ma‘rifat" intellektual bellashuvining saralash bosqichi bo‘lib o'tdi.


Bellashuvga har bir kursdan to'rt nafardan  talabalar  saralab olindi. Ular quyidagi to'rt xil shart bo'yicha o'zaro bellashdilar.


Birinchi shartda har bir guruh guruh nomi,  shiori va ishtirokchilarni tanishtirib o'tdilar. Ikkinchi shartda hakamlar hay'ati tomonidan har bir guruhga ikkitadan savol taqdim etildi. Javob berish uchun ikki daqiqa vaqt berildi. 


Uchinchi shartda guruh ishtirokchilari o'zlari ishtirokida bugungi kunda dolzarb bo'lib turgan turli kimsalarning yolg‘onlariga aldanib chetga chiqib ketayotgan ayollar, bilib-bilmay fatvo berayotgan "ilmli" kishilar va mazhabsizlikni targ'ib qilayotgan sohta salafiylar mavzusida ijodiy chiqishlarini namoyish qildilar.  To'rtinchi shartda guruh ishtirokchilari o'zlari tomonidan ekstremizm,  terrorizm,  yot g'oyalarga aldanib qolmaslik va shunga o'xshash mavzularda ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etilgan maqola, infografika va videoroliklarini sarhisobini taqdim qildilar.
Bellashuvda  "Ummat murabbiyalari", "Ma‘rifat yog‘dusi", "Ma‘rifat" nomli guruhlar ishtirok etib, hay'at a'zolari xulosasiga ko'ra:
Birinchi o'rinni 57 ball bilan "Ummat murabbiyalari" jamoasi qo'lga kiritdi. 
Tadbir so'nggida  bellashuvda ishtirok etgan barcha talabalarga ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 66
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 53
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 57
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry