10.03.2023
470

Qiyomat kunining nomlari

Qiyomat kunining bir nechta nomlari bo'lib, quyida ularni qisqacha bayon qilamiz:

1. Qiyomat kuni. يوم القيامة
Bu nom Qur'oni Karimning 70 o'rnida kelgan. Qiyomat so'zi arab tilidan olingan bo'lib "turmoq" ma'nosini anglatadi.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

{ ٱللَّهُ لَاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَۚ لَیَجۡمَعَنَّكُمۡ إِلَىٰ یَوۡمِ ٱلۡقِیَـٰمَةِ لَا رَیۡبَ فِیهِۗ وَمَنۡ أَصۡدَقُ مِنَ ٱللَّهِ حَدِیثࣰا }
Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U sizlarni qoim boʻlishida hech shubha yoʻq qiyomat kuni, albatta, jamlar. Kim Allohdan koʻra rostgoʻyroq?!.

[Niso surasi: 87]

2. Oxirgi kun. يوم الآخر
Bu ibora arab tilidan tarjima qilinganda "oxirgi kun" ma'nosini anglatadi. Bu nom berilishining sababi bu  kun oxirgi kun bo'lib bundan keying boshqa kun kelmaydi. Alloh taolo: 

{ إِنَّمَا یَعۡمُرُ مَسَـٰجِدَ ٱللَّهِ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلۡیَوۡمِ ٱلۡـَٔاخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمۡ یَخۡشَ إِلَّا ٱللَّهَۖ فَعَسَىٰۤ أُو۟لَـٰۤىِٕكَ أَن یَكُونُوا۟ مِنَ ٱلۡمُهۡتَدِینَ }
Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni toʻkis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qoʻrqmaganlargina obod qilarlar. Ajab emaski, ana oʻshalar hidoyat topguvchilardan boʻlsalar.

[Tavba surasi: 18]

3. Soat. الساعة
Bu so'z arab tilida "soat" ma'nosini anglatadi, ba'zida "vaqt oralig'ini bildiradi".  Bu so'z  yigirma to'rt soatning bir qismi sifatida qo‘llaniladi.  Imom Qurtubiy qiyomat kuni "Soat" deb nomlanishiga ikkita sabab keltirgan:  
1. Yoki uning yaqinligi tufayli (albatta keladigan hamma narsa uchun, hamma narsa 
muqarrar, yaqin deb hisoblanishi uchun) yoki uning belgisi sifatida qo'llanilgan.
2. Bu kunda ulkan va dahshatli voqealar ro'y berishi tufayli. 
  Bu kun soat deb ham ataladi, chunki u birdan, bir kechada kelishi sababli ham shu nom bilan atalgan, degan fikr ham bor.
Alloh taolo o'zining kalomida:

{ إِنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِیَةٌ أَكَادُ أُخۡفِیهَا لِتُجۡزَىٰ كُلُّ نَفۡسِۭ بِمَا تَسۡعَىٰ }
Albatta, (qiyomat) soati kelguvchidir. Har bir jon saʼyi-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman

[Toha surasi: 15]

4. Qayta tirilish kuni. يوم البحث
Oxirat kunida Alloh taolo bandalarini qayta tiriltiradi.

{ وَقَالَ ٱلَّذِینَ أُوتُوا۟ ٱلۡعِلۡمَ وَٱلۡإِیمَـٰنَ لَقَدۡ لَبِثۡتُمۡ فِی كِتَـٰبِ ٱللَّهِ إِلَىٰ یَوۡمِ ٱلۡبَعۡثِۖ فَهَـٰذَا یَوۡمُ ٱلۡبَعۡثِ وَلَـٰكِنَّكُمۡ كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ }
Ilm va iymon berilganlar: “Batahqiq, Allohning kitobi boʻyicha qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz”, derlar

[ Rum surasi: 56]

5. Chiqish kuni. يوم الخروج
Alloh taoloning bandalari u kunda qabrlaridan chiqishadi, shu sababli bu kun shunday deb ham nomlangan.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

{ یَوۡمَ یَخۡرُجُونَ مِنَ ٱلۡأَجۡدَاثِ سِرَاعࣰا كَأَنَّهُمۡ إِلَىٰ نُصُبࣲ یُوفِضُونَ }

U kunda xuddi sanamlar (ibodatiga) shoshganlaridek, qabrlaridan shoshib chiqurlar.

[Maorij surasi: 43]

Boshqa oyatda esa:

{ یَوۡمَ یَسۡمَعُونَ ٱلصَّیۡحَةَ بِٱلۡحَقِّۚ ذَ ٰ⁠لِكَ یَوۡمُ ٱلۡخُرُوجِ }

U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana oʻsha chiqish kunidir. (“Chiqish kuni”— qabrlardan chiqish kuni, yaʼni, qiyomat kunidir

[Qof surasi: 42]

Imom Qurtubiy rohimahulloh: "Agar Biron narsa Katta va uning ahamiyati ulkan bo'lsa, u narsa ko'p sifat va nomlarga ega bo'ladi", deganlar. 
Masalan, arablarning hayotida tuyaning o'rni katta bo'lgan, u sahroda ulov uchun foydalanilgan. Qolaversa  chorva hayvon uchun ham foydalanilgan, undan sut olingan, uni qurbonlikka ham ishlatilgan. Shuning uchun tuyaning arab tilida besh yuzdan ortiq nomlari bor.
Qiyomatning nomlari ko'pligi ham u kunning qanchalar zalvorli  ekanini ifodalaydi...

Muallif: 3-kurs talabasi Alixojiyeva M.
Ilmiy rahbar: Gulruh Kenjaboy

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 260
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 323
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
QARGʻALAR
08.06.2023 344
Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry