15.03.2023
31

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi direktori va "Jaholatga qarshi ma‘rifat" intellektual bellashuvining ishtirokchi talabalari Xorazm  safariga yo'l oldilar



Ma'lumki, 14-16 mart kunlari Oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari o'rtasida Xorazm viloyatida joylashgan "Imom Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "Jaholatga qarshi ma‘rifat" intellektual bellashuvining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tishi e‘lon qilingan edi. Shu munosabat bilan bugun - 14-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi direktori Nozima ustoz Ibragimova va 4 nafar ishtirokchi talabalar Xorazm safariga yo‘l oldilar. 

 


Bellashuv  quyidagi to'rt bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1. Ishtirokchilar o’z guruh nomi, logotipi, shiori va guruh ishtirokchilarini (erkin va ijodiy yondashgan holda)  tanishtirib o’tadilar. 
2. Har bir jamoaga mavzuga oid 2 ta savol taqdim qilinadi. Jamoa ishtirokchilari o’zaro kelishgan holda javob beradilar.
3. Ijodiy yondashuv sharti. Har bir guruh Vatanga muhabbat, yot g’oyalar, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, noxolis kimsalarning aldoviga aldanib qolish kabi holatlarni aks ettiruvchi ijodiy chiqishlarni namoyon etadilar. 
4. Guruh ishtirokchilari o’zlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ekstremizm, terrorizm, buzg’unchi g’oyalarning  botil ekani va shu mavzuga oid chiqargan maqola va roliklarini video yoki slayd ko’rinishida namoyish qiladilar.

Yakuni natijalarga ko'ra g‘olib bo‘lgan jamoa ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi musulmonlar idorasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.

Ta‘lim muassasamiz nomidan ishtirok etayotgan talabalarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"

Другие новости

"XADICHAI KUBRO" AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN TO'G'RI FOYDALANISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
07.06.2023 3
7-iyun kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi" uslubchisi Axmedova M. boshchiligida barcha kurs talabalariga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish haqida majlis o‘tkazildi. Yig‘ilishda...
Подробнее
«YAGONA OLIMPIADA» tanlovining Respublika bosqichi natijalari e‘lon qilindi
31.05.2023 9
#Musobaqa#NatijaJoriy yilning 30-31-may kunlari Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida «YAGONA OLIMPIADA» tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tadi. Unda "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta’lim muassasasidan 3-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida kitob ko'rgazmasi
22.05.2023 7
# Kitob_ko‘rgazma“2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy Dasturi”ni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash yuzasidan “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘qituvchi-xodimlar va...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry