15.03.2023
250

#Yangiliklar #Sayohat



Xabaringiz bor kuni kecha "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi direktori va "Jaholatga qarshi ma‘rifat" intellektual bellashuvining ishtirokchi talabalari Xorazm  safariga yo'l olgan edilar. 
Ayni damda musobaqa oldidan ta‘lim muassasamiz vakillari Xiva shahrida joylashgan Ichan qal'a 
me'moriy majmuasini ziyorat qilmoqdalar. 

Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorliklardan biri. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva rabotidan8 (Dishan qalʼadan) baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvozadan (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Toshdarvoza, Ota darvozadan) kirilgan.

Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub — inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubidan (qoʻshdan) foydalanishgan. Masalan, Olloqulixon madrasasi bilan Qutlugʻ Murod inoq madrasasi, Shergʻozixon madrasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan qalʼa meʼmorligining yana bir oʻziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Masalan, Juma masjid yonidagi ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin inoq va Matpanoboy madrasasi hamda Matniyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi oʻziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlugʻ Murod inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid oʻrtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir.

Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorliklari yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqalar rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961).

1990-yildan Ichan qalʼa UNESCOning Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan asosiy yoʻnalishlarda joylashgan yodgorliklarni muntazam ravishda taʼmirlash, tiklash ishlari olib borildi.

"Jaholatga qarshi ma‘rifat " intellektual bellashuvi munosabati bilan Xorazmda bo‘lib turgan ta‘lim muassasamiz vakillariga omad  tilaymiz. 

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 13
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 284
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 240
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry