17.03.2023
26

“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlar doirasida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida soha mutaxassislari bilan uchrashuv

Joriy yilning 17 mart kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlar doirasida “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talaba qizlar bilan soha mutaxassislari bilan suhbat uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu uchrashuvda Uchtepa tumani 3-IIB XPB XQMB katta inspektori katta leytenanti T.X.Xudjayeva, Uchtepa tumani III FMB TQKB t/v kapitan A.M.Abdiyeva, D.I.Rajabova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Uchtepa tumani bosh mutaxassisi D.Ergashevalar qatnashishdi.


Suhbat davomida soha mutaxassislari talaba qizlarga hozirgi davrda jamiyatimizga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizm xavfi haqida ogoh bo‘lishga, internet saytlarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarning har turli ko‘rinishlari xususida atroflicha tushuntirdilar. 

Shuningdek, noqonuniy ta’lim berish mumkin emasligi haqida ham kerakli ma’lumotlar berildi. Ekstremistik oqimlarning saytlariga kirmaslik, ushbu saytlarning ma’ruzalarini, nashidalarini telefonlarda, planshetlarda saqlash qonun doirasida jinoiy javobgarlikka olib kelishi haqida ogohlantirildi. 


Mehmonlar talaba qizlarga Uchtepa tumanida ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar haqida hujjatli film namoyish qildilar. Ushbu hujjatli filmdan talaba qizlar juda ta’sirlandilar. Uchrashuv so‘ngida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, kerakli javoblarni oldilar.
Uchrashuv juda mazmunli va foydali bo‘lib o‘tdi.

O‘quv, malaka va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i              M.Vaxidova

Другие новости

"XADICHAI KUBRO" AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN TO'G'RI FOYDALANISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
07.06.2023 3
7-iyun kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi" uslubchisi Axmedova M. boshchiligida barcha kurs talabalariga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish haqida majlis o‘tkazildi. Yig‘ilishda...
Подробнее
«YAGONA OLIMPIADA» tanlovining Respublika bosqichi natijalari e‘lon qilindi
31.05.2023 9
#Musobaqa#NatijaJoriy yilning 30-31-may kunlari Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida «YAGONA OLIMPIADA» tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tadi. Unda "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta’lim muassasasidan 3-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida kitob ko'rgazmasi
22.05.2023 7
# Kitob_ko‘rgazma“2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy Dasturi”ni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash yuzasidan “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘qituvchi-xodimlar va...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry