17.03.2023
275

"Xadichai Kubro"  ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga Namangan shahridagi “Iqro” xususiy maktabi o‘quvchilari tashrifi


“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga Namangan shahridan “Iqro” xususiy maktabi o‘quvchilari joriy yilning 17 mart kuni tashrif buyurishdi

. Ushbu maktab o‘quvchilari o‘qituvchilari bilan birgalikda O‘zbekiston islom Akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan tanishishgan. O‘quvchilar shuningdek, Xadichai Kubro  ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishish, o‘qishga kirish shartlari, o‘qishga kirgandan so‘ng mavjud shart-sharoitlar haqida ma’lumot olish uchun kelishdi. Mehmonlar bilan  o‘quv, malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.Vaxidova suhbat o‘tkazdi. 

O‘quvchilarga ta’lim muassasasi tarixi, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qishga kirish shartlari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Mehmonlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv chiroyli duo bilan tugallandi. Mehmonlar tashrifdan mamnun bo‘lib, tashakkurlar aytishdi.

O‘quv, malaka va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.Vaxidova

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 66
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 52
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 57
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry