17.03.2023
162

Allohning do’stlari kimlar?

 “Ogoh bo’lingkim, Allohning valiylariga xavf yo’qdir va ular xafa ham bo’lmaslar” (Yunus surasi, 62-oyat).

“Valiy” so’zi arabcha bo’lib, yaqin do'st ma’nosini anglatadi. Istilohda esa: “Imkon qadar Alloh taoloni taniguvchi, toatlarda bardavom boʻluvchi, yomonliklardan saqlanuvchi, shahvatlarga berilishdan o’zini olib qochuvchi, dunyodan yuz oʻgiruvchi, oxiratga yuzlanuvchi doimiy ravishda Robbisining zikrida boʻluvchi zot valiy deyiladi. Alloh taolo Qur’oni Karimda O’zining ma’lum bir bandalarga valiy ekanligini, ba’zi bir bandalar U Zotning avliyolari ekanini aytib o’tgan. Alloh taolo A’rof surasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilib, but va sanamlarga ibodat qilayotgan va hidoyatga ergashmagan mushriklarga shunday deb xitob qilishni buyuradi:

“Albatta, mening valiyim Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni valiy (do’st) tutadir” (A’rof surasi, 196-oyat).

Alloh taolo Yunus surasida:

“Ogoh bo’lingkim, Allohning valiylariga xavf yo’qdir va ular xafa ham bo’lmaslar”, degan (Yunus surasi, 62-oyat).

Ana shu baxtiyor shaxslar, Allohning valiysi bo’lish sharafiga muyassar bo’lganlar, ikki dunyoda xavfdan xoli bo’lganlar, ikki dunyoda xafa bo’lmaydiganlar kimlar?

«Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir» (Yunus surasi, 63-oyat).

Demak, Allohning do’sti bo’lish juda ham oson ekan. Buning uchun avvalo U Zotga iymon keltirish, ikkinchidan esa taqvodor bo’lish, ya’ni Alloh taoloning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash lozim ekan.

Hadisi shariflarda ham Alloh taoloning valiylari haqida xabarlar kelgandir. Jumladan, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

"Alloh taolo deydi:" Kim Mening valiyimga dushmanlik qilsa, Men unga  urush e’lon qilaman. Bandam unga farz qilgan narsalarimdan ko’ra suyukliroq narsa bilan Menga yaqinlashmaydi. Bandam Menga nafllari bilan yaqinlashaveradi va nihoyat Men uni yaxshi ko’rib qolaman. Qachon Men uni yaxshi ko’rsam, uning eshitadigan qulog’i, ko’radigan ko’zi, ushlaydigan qo’li, yuradigan oyog’i bo'laman. Mendan so’rasa, unga albatta berajakman. Mendan panoh tilasa, uni, albatta, panohimga olaman". (Imom Buxoriy rivoyati)

 Yana u kishidan rivoyat qilinadi:

Nabiy sallallou alayhi vasallam: 

“Qachon Alloh taolo bir bandani yaxshi ko’rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib:"Men falon kishini yaxshi ko’raman, sen ham uni yaxshi ko’rgin”, deydi. Bas, Jabroil alayhissalom ham uni yaxshi ko’radilar, so’ngra osmon ahliga nido qilib: “Albatta, Alloh taolo falonchini yaxshi ko’radi, siz ham uni yaxshi ko’ring”, desalar osmon ahli ham uni yaxshi ko’rishadi. Keyin bu yaxshi ko’rish yer ahlida ham ijro qilinadi”, dedilar. (Imom Muslim rivoyati)

 Kimning iymonida zarracha xato bo’lsa yoki Alloh taoloning ko’rsatmalari asosida emas, o’zganing yo’lida hayot kechirsa, yohud o’z-o’ziga yo’llanma tuzib olsa, u odam Alloh taologa do'st bo’lish baxtidan mahrumdir. Alloh taologa do’st bo’lganlarga esa:

Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham hushxabar bor. Allohning so’zlarini o’zgartirish yo’q. Ana o’sha buyuk yutuqdir” (Yunus surasi, 64-oyat).

Allohning valiylari-do’stlariga ikki dunyo saodatining hushxabari bor. Ular iymonlari va taqvolari tufayli, Allohning inoyati ila, avvalo, bu dunyoda saodatli hayot kechiradilar. Oxiratda esa xuddi shu iymonlari, taqvolari sababli jannatga doxil bo’ladilar. Mazkur hushxabar Alloh taoloning so’zlaridir. “Allohning so’zlarini o’zgartirish yo’q. Ana o’sha buyuk yutuqdir”.

Shu sababli, kimki dunyo-yu oxiratda azizu mukarram bo’lishni, Alloh taoloning izzat-ikromiga sazovor bo’lishni xohlasa, albatta, taqvodor mo’min bo’lishi lozim! Alloh taolo barchamizni o’zining do’stlaridan qilsin!

Xadichai kubro ayol-qizlar o'rta maxsus  islom ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi Abduqodirova R. tayyorladi.

Mas’ul ustoz: Uraimova Sh.

 

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 44
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 50
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 48
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry