18.03.2023
157

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA SHANBALIK

 

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida shanbalik tashkil etildi.

 

Joriy yilning 18-mart kuni ta’lim muassasasida ichki tartibda ikki binoga bo‘lingan holatda shanbalik tashkil etildi. Ta’lim muassasasini obod qilish maqsadida deyarli barcha ustoz va xodimlar hamda talabalar shanbalikda ishtirok etdilar. Talabalar madrasa hovli, ko‘chasisini supurib, sinf xonalarini tartibga keltirdilar. Hashardan so‘ng esa 3ta kurs talabalari tomonidan damlangan oshlar dasturxonga tortildi. Hashar juda maroqli bo‘ldi. Shundan so‘ng yotoqxona talabalarini 4 kunlik ta’til munosabati bilan o‘z uylariga kuzatildi.

Shanbalik doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

-            Madrasa hududi tozalandi;

-            Auditoriyalar, kutubxona, oshxona va yotoqxonalar tozalanib, changlar artildi;

-            Oynalar yuvib artildi;

 Xonalar tartibga keltirildi, saranjomlandi.

Zero, xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o‘rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko‘ra tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 68
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 56
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 59
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry