23.03.2023
337

"Xush kelding ya Mohi Ramazon..."

Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak mohi Ramazon o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga tashrif buyurdi.
Ramazon oyining fazilatlarini sanab tugatib bo‘lmaydi. Islomning bosh manbai, insoniyatning qiyomatgacha hayot dasturi Qur'oni karim shu oyda nozil bo‘lgandir. Ushbu oyda Islom tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan juda ko‘p olamshumul voqealar sodir bo‘lgan. Shu bois butun dunyo musulmonlari ushbu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yo‘lidagi ibodatlar oyiga aylantirishadi.
Ramazon Qur'on oyidir. Qur'on bilan ro‘za oyi orasidagi mustahkam aloqa va bog‘liqlikni Ramazonning ilk kuni kirishi bilanoq har bir musulmon kishi o‘z qalbining tub-tubidan his etadi. Muhabbat ila Robbisining Kitobi bo'lmish Qur'oni karimni tilovat qilishni boshlaydi. Uning oyatlari borasida tafakkur yuritadi, Unda keltirilgan qissalaru xabarlardan ibrat oladi. Masjidlar namozxonlar va Qur'on tilovat qiluvchilar bilan to‘lib ketadi. Dunyodagi bor masjidlarda Qur'oni karim xatmi boshlanadi. Bu holat o‘zining butun olamga bu oy Qur'on oyi ekanligini baralla e'lon qiladi.
Alloh taolo dedi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir” (Baqara surasi, 185-oyat).

Xush kelding, qalblar oromi Mohi Ramazon...

2-kurs talabasi Ibrohimjonova Bibisora
Mas‘ul ustoz: Axmedova M.

Другие новости

9-MAY SANASI
08.05.2025 2
9-may sanasi — Buyuk Vatan urushi qatnashchilarini, o‘z Vatanini himoya qilishda hayotini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish uchun ajratilgan muqaddas kun hisoblanadi. Bu kun qahramonlik, fidoyilik va Vatanga muhabbat ramzi...
Подробнее
9-may yod etish va duo qilish
08.05.2025 2
9-may kuni Vatan uchun jonini fido qilganlarni yod etish, ularning jasoratini qadrlash va ular uchun duo qilish musulmonlar uchun muhim vazifadir.Urushda vafot etganlar uchun duo qilish, ularning oxiratda mukofot topishlari...
Подробнее
KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 266
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry