30.03.2023
320

Diniy ekstremistik oqimlar va ularning gʻoyalari. Terrorizm tahdidi.

 

Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.

Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʻravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʻrlik yoʻli bilan hal qilishga intilishda koʻrinadi.

Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000 yil 15 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam boʻldi.

Terrorizm (lotincha “qoʻrqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qoʻporuvchilik sifatida namoyon boʻlmoqda.

Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.

Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.

Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Mutaassiblik muayyan gʻoyalarning toʻgʻri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “oʻzgalar” va “oʻzgacha” qarash va gʻoyalarga murosasiz munosabatda boʻlish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon boʻladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yoʻnalishlar orasida keskin nizo va toʻqnashuvlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan.

Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati oʻz nomini muqaddas islom dini bilan bogʻlashga urinadi. Ular oʻzlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar. 
“Islom” soʻzining lugʻaviy maʼnolaridan biri “tinchlik” boʻlib, u hech qachon buzgʻunchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzgʻunchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni oʻzlarining maslaklariga aylantirib olganlar.
Qurʼoni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: “Kimda-kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh gʻazab qilgay, laʼnatlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qoʻygay”. 
Hadislarda ham bu borada koʻplab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan koʻra, yorugʻ dunyoning barbod boʻlib ketishi yengilroqdir”, dedilar”.
Hozirda dunyoda koʻplab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy batalьoni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (Gʻalaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati oʻz nomini muqaddas islom dini bilan bogʻlashga urinadi. Ular oʻzlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar. 
“Islom” soʻzining lugʻaviy maʼnolaridan biri “tinchlik” boʻlib, u hech qachon buzgʻunchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzgʻunchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni oʻzlarining maslaklariga aylantirib olganlar.
Qurʼoni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: “Kimda-kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh gʻazab qilgay, laʼnatlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qoʻygay”. 
Hadislarda ham bu borada koʻplab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan koʻra, yorugʻ dunyoning barbod boʻlib ketishi yengilroqdir”, dedilar”.
Hozirda dunyoda koʻplab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy batalьoni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (Gʻalaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin.

2-kurs talabasi Ayubjonova  Umriniso

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 143
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 242
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 235
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry