30.03.2023
33

Mo'jaz tuhfa



Ramazonning ilk kunlaridan birida ishga kelsam, hamkasbim madrasamizning barcha ustoz-xodimlariga muftiy hazrat Nuriddin domla Xoliqnazarov tomonidan yozilgan "Ramazonni g'animat bilib, unumli foydalanaylik" nomli kitoblari hadya qilinganini aytib ushbu kitobni berdilar. Kitobni ilk sahifasida muftiy hazratlarining barchamiz uchun Ramazon tabriklari va ezgu duolari bitilgan ekan.  
Ikkinchi sahifasini ochar ekanman "Ramazon ham sizni sog‘inadi" nomli besh satrdan iborat jumlalar e'tiborimni tortdi. Bunday lafzlarni avval eshitmagan ekanman...
Qiziqib misralarni o'qiy boshladim. 
Ajabo... Chindan ham bu misralar Ramazonga bo‘lgan muhabbat va ishtiyoqimizni yanada ziyoda qilmasdan qo'ymaydi. Keling, shu ajib misralarni birgalikda o'qiymiz:
"Odatda biz Ramazonni intizor bo‘lib kutganimiz,  sog‘inganimiz haqida ko‘p gapiramiz-ku, biroq Ramazon oyi ham bizni sog‘inishi haqida o‘ylamagan bo'lsak kerak. Aslida Ramazon siz va biz sog‘inganimizdan ko‘proq bizni sog‘inadi.
Qanday qilib? Ramazon bizni sog‘inganidan har yili bizga tobora yaqinlashib o‘tgan yildagidan ko‘ra ertaroq keladi-ku. Bu Ramazonni bizni sog‘inishi emas-mi axir..."

Bu jumlalar ham aql, ham haqiqat, ham mantiq mezonlariga naqadar muvofiq  kelishini hech kim inkor eta olmasa kerak...
Kitobning boshqa sahifalari ham juda manfaatli va qiziqarli ma'lumotlarga boy bo‘lib o'quvchini e'tiborini rom etadi. Xususan, solih amallar ro'yxati, Alloh qaytargan narsalardan tiyilish, ro‘zaning mukofotlari va saharlikning barakasi  haqidagi va shu kabi mavzular barcha uchun birdek manfaatlidir. Ramazonning oxirgi o‘n kunligi va laylatul qadr kechasi haqidagi batafsil ma'lumotlardan keyin so‘nggi sahifalarga yaqin qismida "Ramazon jo'nab ketmoqda" nomli sarlavha ostida: "Ramazon jo'nab ketishga tayyorgarlik ko'rmoqda. U kunlarini yig‘ishtirishni boshladi..." degan misralar yozilgan ekan...
(Bu misralarni keyinroq o'qishga qoldirdim)

Kitob chindan ham mo'jazgina va manfaatli bu faqat mening emas boshqa ustoz va xodimlarning ham  fikrlaridir. 

Shu fursatdan foydalanib, O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida  faoliyat yuritayotgan diniy  soha ustoz-xodimlariga alohida e‘tibor qaratib ular uchun mana shunday manfaatli tuhfa taqdim etgan muftiy hazratlariga "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o‘qituvchi-xodimlari nomidan  chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.

Ramazon oyi barchamiz uchun manfaatli va barokatli bo'lsin. 

Ta‘lim muassasasi o‘qituvchisi Axmedova M.

Другие новости

Diniy ekstremistik oqimlar va ularning gʻoyalari. Terrorizm tahdidi.
30.03.2023 36
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni...
Подробнее
"Xush kelding ya Mohi Ramazon..."
23.03.2023 34
Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak...
Подробнее
Makka fathidan so‘ng “Hijrat yo‘q”
19.10.2022 97
Jaholat ilmsizlik barcha davrlarda, xossatan Islom dinida qattiq qoralangan bo‘lib, u insonni tubanlikka va jamiyatning buzilishiga olib boradigan omillardan biridir. Ilm olish, ma’rifat hosil qilish esa insonni yuksaklikka ko‘tarib, uni...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry