"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi bitiruvchi talabalari mahallalarda targ‘ibot amaliyotini olib bormoqdalar
KO‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 7-aprel kungi 1025-sonli xati bo‘yicha joriy yilning 8-aprel kuni O‘MI tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalarini “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha hududiy targ‘ibot guruhlari”ga biriktirish uchun joriy qilingan 2+1 (2 hafta o'qish bir hafta amaliyot) loyihasi xususida musulmonlar idorasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha "Xadicha Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasida 10 aprel kuni soat 8:30da Shtab o‘z faoliyatini boshladi.
Shtab a’zolari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim muassasasi direktori Ibragimova N. Kamiljonovna.
2. "O‘quv-uslubiy malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi" boshlig‘i M. Vaxidova
3. "Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi" boshlig‘i G. Maxamedova
4. "Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi" uslubchisi M. Axmedova
5. Mantiq va Ulumul Qur‘on fani o‘qituvchisi M. Nigmatova
Ushbu tuzilgan targ‘ibot guruhi tomonidan barcha amaliyotchilar va ularga masul etib tayinlangan o‘qituvchilarga joylarda olib borilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot va ko‘rsatmalar berildi.
Berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq barcha mas’ul ustozlar qo‘l ostidagi amaliyotchi talabalarni belgilangan hududlarga olib borib, mahalla faollari bilan tanishtirib keldilar. Shunga muvofiq har bir talaba o‘ziga belgilangan mahallada amaliy faoliyat boshladilar.
Bitiruvchi talabalarimizga bir hafta davomida olib boradigan amaliy targ‘ibot faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
"Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi"