Halol va Harom
Islom shariatida halol narsalarning doirasi juda ham keng olingan va harom narsalarning doirasi juda ham toraytirilgan. Aslida hamma narsa halolligi ochiq-oydin e’lon qilingan va oz narsalarning haromligi alohida bayon etilgan. Shu bilan birga, halol yoki haromligi ochiqlanmagan narsalar “Aslida barcha narsalar haloldir” qoidasi asosida muboh deya e’lon qilingan.
“Ibn Abbos roziyallohu anhumo: “Johiliyat ahli ba’zi narsalarni yer edilar. Ba’zi narsalarni esa iflos sanab, tark qilar edilar. Bas, Alloh O‘z Nabiysi alayhis salomni yubordi, O‘z Kitobini nozil qildi. Halolini halol qildi, haromini harom qildi. U Zot nimani halol qilsa, o‘sha haloldir. Nimani harom qilsa, o‘sha harSizlarga pok narsalar halol qilindi, deb aytishni buyurmoqda. Ya’ni musulmonlar pok narsalardan mahrum qilinganlari yo‘q. Nimaiki pok bo‘lsa, ularga halol. Demak, ularga nopok narsalargina harom qilingan. Bundan esa “Alloh taolo halol qilgan narsalar pok, foydalidir” degan ma’no kelib chiqadi. Aksincha, Alloh taolo harom degan narsalar iflos va zararlidir. Ulardan uzoqda bo‘lish sharti.Harom» so‘zi lug‘atda “man qilish” degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa hech qanday shubhasiz, ochiq-oydin ravishda man qilingan narsa haromdir. Buni ham bilib olish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rishning keragi yo‘q. Aroq, najosat tushgan suv va boshqa ichimliklar, cho‘chqa go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti, nikohida bo‘lmaganlar bilan jinsiy aloqada bo‘lish, erkak kishilarga ipak kiyimlar, tilla va boshqalar haromdir. Mazkur narsalar va ulardan boshqa haromlarni Alloh taolo Qur’oni Karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida bayon qilib berganlar. Shu bilan birga, o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan yo‘l bilan ega bo‘linsa, ular ham haromga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘g‘rilik, riboxo‘rlik, aldamchilik, poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qanchalik pok bo‘lsa ham, ularni topuvchiga haromdir. Shuning uchun ham ulamolarimiz mutlaq haromni “o‘zida haromlik sifati bor yoki man qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir” deb ta’riflaydilar. Musulmon kishi uchun haromdan hazar qilish farzdir.Ichimliklar kitobi.
Xamr haromdir. U qaynatilmagan, xom holatdagi uzum suvining bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirganidir. Shuningdek, tilo ham. U ham uzum suvi bo‘lib, pishirilganda uchdan ikkisidan ozi ketganidir. Ikkisi ham najosati g‘alizadir. Xamrning haromligi kuchlidir va faqat uni halol sanagangina kofir bo‘ladi. Xamr biror muolaja bilan sirkaga aylantirilsa, bu sirka halol bo‘ladi.
Ya’ni xamr va tilo ikkisi ham yengil najosat emas, og‘ir najosatdir. Tilo – musallas bo‘lib, u harom bo‘lishi uchun shakar solinmagan, bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirgan bo‘lishi shart. Xamrning haromligi Qur’on, Sunnat va ummatning ijmo’si bilan sobit boIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Har bir mast qiluvchi xamrdir. Har bir mast qiluvchi haromdir. Kim bu dunyoda xamrni ichib, uni tark qilmay o‘lib ketsa, tavba qilmasa, oxiratda uni ichmas” dedilar.
Xamrning haromligi kuchlidir va faqat uni halol sanagangina kofir bo‘ladi. Xamr biror muolaja bilan sirkaga aylantirilsa, bu sirka halol bo‘ladi.
3-kurs talabasi Amriddinova Nargiza