13.04.2023
271

Eng suyukli shogird

Buyuk imom Abu Hanifa rahimahulloh o‘zidan katta ilmiy meros qoldirgan.
Abu Hanifaning shogirdlaridan yetuk olimlar yetishib chiqib, Hanafiy mazhabining dunyoga keng yoyilishiga shogirdlarining xizmatlari  beqiyos bo‘ldi. U zot shogirdlariga ixlos bilan ta'lim berib “Siz mening qalbim quvonchi, g‘amlarim arituvchisiz” der edi.

Shunday buyuk ustozdan yetuk shogirdlar yetishib, ular mujtahid darajasiga yetdilar. Ular ichida eng olimi, Abu Hanifaga suyukligi Abu Yusuf edi. Abu Yusuf u zotning kunyasi bo‘lib, to‘liq ismi –  Abu Yusuf Ya'qub ibn Ibrohim ibn Habibdir. U hijriy 113 yilda Kufada  dunyoga kelib, ona shahrida voyaga yetdi va u joyda ilm o‘rganib, ulug‘ maqomga erishdi. Abu Yusuf onasi bilan faqirona hayot kechirar edi. U yoshligidan nihoyatda ziyrak, ilmni yaxshi ko‘radigan, qobilyatli yigit edi. Abu Hanifaning ilm majlislariga borib, ilm o‘rganishni boshlaganidan keyin Abu Hanifa Abu Yusuf va uning oilasiga g‘amxo‘rlik qila boshladi. Abu Yusuf Abu Hanifaga nafaqat shogirdi balki o‘g‘lidek bo‘lib qolgan edi. Ustozi uning ilmga chanqoqligini va zukkoligini bilib, ilmiy majlislarning kotibi qilib tayinladi.
Abu Hanifaning vasiyatlaridan biri alohida Abu Yusufga aytilgan bo‘lib, har birimizga dars bo‘lishi lozim. Vasiyatda aytiladi “Sen o‘z shogirdlaringga o‘g‘ling va farzandlaringdek e'tiborli bo‘l. Ularning ilmga rag‘batini ziyoda qil, kimki sen bilan insonlar orasida bahslashmoqchi bo‘lsa, sen u bilan bahslashma. Chunki, bu narsa seni yuzingni suvini ketkazadi. Kimni oldida bo‘lsang xaqiqatni aytishdan uyalma”. Xalifa Xorun ar-Rashid o‘z davlatida birinchi qozilik lavozimini joriy qilib unga Abu Yusufni tayinladi, hatto Abu Yusuf “Qozilar qozisi” nomini oldi. Abu  Hanifa vafotidan keyin u zotning ilmiy majlisiga Abu Yusuf boshchilik qila boshladi.

Ulamolar aytadilar: Xaqiqatda “Fiqh usullariga Abu Hanifa asos solgan bo‘lsada, Hanafiy fiqh usullarini keng yoyilishiga katta hissa qo‘shib, u xaqda asarlar yozgan Abu Yusufdir”.

Hozirgi kunda dunyo musulmonlarining 92% ahli sunna valjamoa yo‘nalishida bo‘lib, ularning 47% Hanafiylardir. Hanafiy mazhabining keng yoyilishiga bir qancha sabablar bo‘lib, ularning asosiysi uchtadir:

Birinchi: Abu Hanifaning shogirdlari ko‘pligi;

Ikkinchi: Shogirdlarining shogirdlari ko‘pligi;

Uchinchi: Hanafiy mazhabi Abbosiylar davrida rasmiy mazhab deb e'tirof etilishi.

Abu Yusuf juda ko‘p asarlar yozgan bo‘lib, ularda o‘zining va ustozining qarashlarini keltirib o‘tgan. Abu Yusuf ustozi Abu Hanifa vafotidan o‘ttiz ikki yildan so‘ng 182 hijriy yilda vafot etadi.

Doktor Toriq Muhammad Suvaydanning “Abu Hanifa na-Nu'mon” kitob asosida tayyorladi
Mansur Rabbimov ijodidan foydalanildi

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Ikromova Muslima

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 182
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 209
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 388
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry