13.04.2023
205

Mo'minning qarzi

Mo'minlar qarzni rasmiylashtirish orqali  dunyo va oxiratda yutug'ga erishadilar. Qarz masalasi insonlar orasida amalda joriy bo'lib kelayotgan ish bo'lib har bir mo'min  banda qarz oldi-berdi masalasini bilishi lozim-u lobuddir.  Qarz masalasining hukm va odoblarini Hakim va Alim bo'lgan Alloh Taoloning òzi bandalariga Aziz kalomi bo'lmish Qur'oni Karimning Baqara surasi 282-oyatida batafsil o'rgatgandir. Hattoki, bu oyati karima Qur'ondagi eng uzun oyatdir.Bu esa, Alloh Taoloning nazdida uning ahamiyatining katta ekanligiga dalolat berib turadi.Qur'oni Karimda bu masala rasmiylashtirilib bayon qilingan.
Zotan,  qarzni rasmiylashtirish va guvohlar keltirishga chaqirilgan bu oyati karimadagi asosiy maqsadlardan biri, azal-azaldan va shuningdek hozirgi kunda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni oldini olish va isloh qilishdir. Zero, Islom-osonlik va omonlik dinidir. Holbuki, bu kelishmovchiliklarning barchasi shariat qoidalari asosida qilishi kerak bo'lgan qarzni yozib, hujjatlashtirib qo'ymaslikdan kelib chiqadi. 
   "Oyati Mudoyana" -"Qarz oldi- berdisi" nomini olgan bu oyatda Alloh Taolo bundan bir ming besh yuz yil oldin insonlar turmish tarzida ular tomonidan unchalik ahamiyat berilmaydigan lekin tez-tez uchrab turadigan holatlarni yoritib bergandir.
   Ushbu qarz ishiga o'xshash ishlar odatda tashvish keltirishi ma'lumdir. Bunga bugungi kunda ba'zi insofsiz insonlarning imkoni bo'la turib qarzni kechiktirishi yoki undan umuman tonishi kabi misollar bisyordir. Bu holatlarga qarz oldi-berdi masalalari amalga oshirilayotgan holatda Qarz oluvchining: " Menga ishoning men ham Ollohdan qo'rqaman" yoki Qarz beruvchining: " Men senga ishonganim uchun qarz beryapman"-,degan baland parvoz gaplari sabab bo'lyapti.
Aksincha musulmon kishi bu holatda Qur'oni Karimda tavsiya qilingani kabi ish tutib,qarzni hujjatlashtirishi lozimdir.
    Bilamizki, gohida ikki tomon ham insofli bo'lsada, tafsilotlar esdan chiqib qolishi mumkin. 
Ushbu va shunga o'xshash noqulay holatlarni oldini olib Qur'oni Karimga amal qilsak, Inshaallohu Taala shariatga muvofiq ish tutgan bo'lamiz, hamda bunday vaziyatlarni oldini olgan bo'lamiz.


3-kurs talabasi Ismatullayeva Odina

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry