HAJ IBODATIDA YUZAGA KELISHI MUKIN BO’LGAN JINOYATLAR VA KAFFOROTLAR
"Haj" so'zi lug'atda "ulug' narsani qasd qilish" ga ishlatilinadi. Islom shariatida haj – maxsus makonda, maxsus amallar bilan maxsus ibodatni ado etishdir.
Maxsus zamon. Haj faqat maxsus vaqtda ado qilinadi. Xususan, uning bosh rukni Arofatda turish zulhijja oyining to'qqizinchi kuni bo'lishi shart. Boshqa vaqtda har qancha tursa ham haj hisoblanmaydi.
Maxsus makon. Haj ibodatini ado etish uchun Alloh taolo tomonidan iroda qilingan makonlar: Masjidul Harom, Arofat, Muzdalifa, Mino kabi joylar maxsus makonlardir. Boshqa joylarda bu ibodatlarni ado etish mumkun emas.
Maxsus amallar. Bunda ehrom, Ka'bani aylanib tavof qilish, Safo va Marva orasida say qilish, Arofatda turish, Muzdalifada tunash, shaytonga tosh otish kabi amallar ko'zda tutilgan.
Haj va umra ziyorati vaqtida ehrom va ikki haram hududida ma’n qilingan ishlarni qilish jinoyat hisoblanadi.
Jinoyatlar ikki xil bo'ladi:
Ehromga bog'liq jinoyatlar. Bular haj va umrada ehromga kirgan kishilarga xos;
Haramga bog'liq jinoyatlar. Bular haram hududida bo'lgan kishilarga xos.
Ehromga bog'liq jinoyatlar quyidagilarga bo'linadi:
tuya yoki mol so'yishni vojib qiladigan jinoyatlar;
qo'y so'yishni vojib qiladigan jinoyatlar;
sadaqani vojib qiluvchi jinoyatlar (sadaqaning miqdori 2 kilogramm bug'doy yoki uning qiymati).
Qo'y so'yishni vojib qiladigan jinoyatlar:
to'liq bir a'zosiga xushbo'y yoki moy surtsa.
tikilgan narsa kiysa.
boshini to'liq bir kun yopib yursa.
boshining to'rtdan biridagi sochini yoki to'liq bir a'zosidagi tukini olsa.
bir qo'li yoki oyog'idagi tirnog'ini yoki hammasini bir majlisda olsa.
betahorat holda farz tavof qilsa yoki farzdan boshqa tavofni junub holda qilsa.
imomdan oldin ifoza qilsa.
vojib amalni yoki uning ko'p qismini tark qilsa.
bir amalni boshqasidan oldinga o'tkazib yuborsa.
farz tavofni so'yish kunlaridan kechga sursa yoki ozini tark qilsa.
Agar zikr qilinganlardan ozrog'ini qilsa;
farzmas tavofni betahorat holda qilsa;
vojibdan ozini tark etsa;
boshqa kishining sochini olsa yarim so' miqdorida sadaqa qiladi.
Agar bir a'zosiga xushbo'y sursa yoki uzr ila sochini oldirsa, Haramda bir qo'y so'yadi yoki olti miskinga uch so' taom sadaqa qiladi yoxud uch kun ro'za tutadi.
Alloh taolo:
"Sizdan kim bemor bo'lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo'lsa, unga ro'za tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik so'yish ila fidya (vojib)", degan
(Baqara surasi, 196-oyat.)
Ehromdagi shaxs ov hayvonini o'ldirsa yoki o'ldiruvchiga uni ko'rsatib yuborsa, ikki odil shaxs hukmiga asosan, ov o'ldirilgan joyda yoki unga eng yaqin joyda uning jazosini ado etish vojib bo'ladi. Bas hajda so'yiladigan jonliq sotib olib, Makkada so'yadi yoki xuddi sadaqai fitrdagi kabi taom sotib olib sadaqa qiladi yoxud har bir miskin taomi o'rniga bir kun ro'za tutadi. Miskinning taomidan ortib qolganini sadaqa qiladi yoki bir kun ro'za tutadi.
Alloh taolo:
"Ey iymon keltirganlar! Ehromdagiligingizda ovni o'ldirmang. Sizdan kim uni qasddan o'ldirsa, jazosi Ka'baga yetadigan hadiy o'laroq chorvadan o'zi o'ldirganining mislidir. Bu haqida sizlardan ikki adolatli kishi hukm qilur. Yoxud kaffarot – miskinlar taomi yoki shu barobarida ro'zadir, qilmishining oqibatini tatishi uchun o'tganini Alloh avf qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Alloh o'ta izzatlidur, intiqom egasidir".
(Moida surasi,95-oyat.)
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Ibrohimova Mastura.
Ilmiy rahbar: Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o’qituvchisi Ibragimova Surayyo