15.04.2023
303

Alaviylarning botil qarashlari

Rofiziylardan paydo bo'lgan firqalardan birinchisi alaviy rofiziylaridir. Alaviylarning e'tiqodiga ko'ra, payg'ambarlik, aslida, Alloh
taolo tomonidan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) ga yuborilgan bo'lib, Jabroil (a.s.)
xato qilgan. Shuningdek, ular Ali (r. a.) ga nisbatan "Alini Alloh rahmat qilsin"
jumlasini qo'llamasdan, aksincha, "Allohning salavoti bo'lsin", deb aytadilar.
Zero, ular "Ali, albatta, Allohning elchisi", deb ta'kidlaydilar.
Alaviylar Payg'ambarimiz (s.a.v.)ni inkor qilganlari sabab u zotdan birorta
ham hadis keltirmadilar. Shu bilan birga, ular Payg'ambarimiz (s.a.v.) ning
sunnatlarini ham inkor qildilar. Abu Buhtardan rivoyat qilinishicha, Ali ibn
Abu Tolib (r.a.)ning o'zi shunday deganlar: "Ikki xil inson halokatga uchraydi:
dinda haddan tashqari chuqur ketuvchi va jahl-g'azabga beriluvchi".
Alloh taolo va Uning Rasuli dinda ortiqcha g'uluvga borishdan ogohlantiradi, hatto Hazrati Payg'ambarimiz (s.a. v.) bunday deganlar: "Dinda ortigcha g'uluvga borishdan ehtiyot bo'linglar. Zero, g'uluvga borish sizlardan oldin o'tganlarni halok etib, qon to'kishga va haromni halol qilishga olib keldi".


Tayyorladi: 3-kurs talabasi Shukurova Malika

Другие новости

100 та сир-асрорли ибора
01.05.2025 6
100 та СИР-АСРОРЛИ ИБОРАёхудОДАМЛАР БИЛАНМУЛОҚОТ (оила, уй, ишхона, жамоат жойлари) ДАГИ100 та “СЕҲРЛИ СЎЗ”ниУЛУҒ УСТОЗ УЛАМОЛАРИМИЗ баён қилиб берганлар:(4-қисм)1) Ассалому алайкум!2) Катта раҳмат Сизга!3) Умрбод миннатдорман Сиздан!4) Умрингиз узоқ бўлсин!5)...
Подробнее
Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 205
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 257
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry