INSONNI NAJOTGA ELTUVCHI AMALLARGA DOIR HADISLAR ("RIYOZUS SOLIHIYN" ASARI ASOSIDA)
Rosululloh sollolohu alayhi vassalam eng mukammal xulqlarning egasi edilar. Ular musulmonlarni hidoyatga chorlovchi, iymonni yuksaltiruvchi axloqni o‘nglashda katta xizmat qiluvchi, go‘zal sunnatlarini meros qoldirdilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bola otasining haqqini ado eta olmaydi. Faqatgina otasini qul holatida topib, uni sotib olib ozod qilgandagina haqini ado qila oladi", dedilar.
Islom insonlarda mukammal insoniy tuygularni tarbiya qiladi. Ushbu insoniy tuyg‘u va qadriyatlarning avvalida ota-onasi oldidagi mas’uliyati turadi. Xususan, ota-ona keksayganda bu mas’uliyat yanada ortadi. Qur’oni karim Allohdan keyin ota-onaning fazilatiga iqror bo‘lib, ularga yaxshilik kilishga va itoat etishga targ‘ib qiladi. Chunki ota-onaga itoatda bo‘lish Alloh taologa itoat qilish, Unga yaqin bo‘lishni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham Qur’oni karim bayon qilgan ta’limotni so‘zlari va amallari bilan ko‘rsatib, insonlarni ota-onaga yaxshilik qilishga ta’lim berib, undaydilar.
Farzand otasiga har qancha yaxshilik qilmasin, ota unga ko‘rsatgan muruvvat haqini o‘tay olmaydi, baravar evaz to‘lay olmaydi.
Qadimda Islom ummatida ota-onaning farzandlardan minnatdor bo‘lishi deyarli doimiy an’ana bo‘lgan. Bugungi kunga kelib ushbu qadriyat kam uchraydigan bo‘lib, anchayin nochor alfozga tushgan. Shuni bilishimiz lozimki, ota-onamizga har qancha yaxshilik qilmaylik, baribir kam, biz ularga yanada ko‘prok muruvvat ko‘rsatishimiz, yaxshilik qilishimiz darkor ekan.
Otamizni bizning dunyoga kelishimiz sababchisi deya xurmatlashimiz kerak. Har qancha yaxshilik qilmaylik, buning asli otamizga borib taqalishini unutmaylik.
Dinimizning ota-onaga go‘zal muomala qilishga bergan ahamiyati ulkan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamga "Menga nasihat qiling", - deganida, u zot: "Gʻazab qilma!"-dedilar. U kishi (bu savolni) bir necha martta qaytarganida ham u, zot: "Gʻazab qilma!" dedilar"
Gʻazab insonni o‘zligidan va insoniyligidan chiqarib yuboradi. Oqibatda, kishi tabiati va diniga noloyiq tarzda harakat qiladi. Gʻa- zabidan tushgach esa, afsuslanib, nadomat chekishni boshlaydi. Muammo shundaki, g‘azab otiga mingan kimsa o‘ziga kelgach sodir etgan qilmishining isloxi qiyin kechadi. Uzr aytish bilan ham
ba’zan muammo hal bo‘lmaydi. Shuning uchun Nabiy sollallohu alayhi va sallam bir necha marta "Gʻazab qilma!" - deb ta’kidladilar. Chunki g‘azab har qanday yomonlikni yuzaga keltiruvchi sababdir. Shayton alayhilla'na ham inson g‘azablangan paytda unga vasvasa qilib, o‘ynashadi.
Olim va solihlardan nasihat qilishlarini so‘rash.
So‘zni ta’kidlash ma’nosida takror aytish.
Gʻazab ko‘plab gunohlarning yuzaga kelishiga sababchidir. Shuning uchun Nabiy sollallohu alayhi va sallam undan ogohlantirganlar.
Musulmon odam g‘azabi kelganida, Rasulululoh sollallohu alayhi va sallamning ko‘rsatmalariga amal qilinadi: bunday holat tahorat qiladi, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib oladi, o‘tirgan bo‘lsa, yonboshlaydi. Bu gʻazabni ketkazishda samarasi kuchlidir.
Kuchli g'azab holatida inson ko‘pincha keyin afsuslanib yuradigan ishlarni bajarib qo‘yadi.
Gʻazablanish shaytonning insonni vasvasa qilishi uchun eng yaxshi, qulay fursatdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson xulqida mavjud bo'lgan ayrim hususiyatlar atrofdagilar ko'nglini ranjitadi bu esa, gunohlarga sabab bo'lishi mumkin. Payg'mbarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bu kabi gunohlardan saqlanishimiz, husni-xulq ila savob olishimiz, hattoki jahannam oʻtidan omonda boʻlib jannatga kirishimizda ulkan yordam beruvchi nurli yoʻl va koʻrsatma boʻlib xizmat qiladi.
Ilmiy rahbar:J.Gaipova
3-kus talabasi
Muzaffarxonova Fazilatxon.
Manba:"Riyozus solihiyn" kitobi asosida.