19.04.2023
415

BEMORNING NAMOZ O’QISH HOLATLARI


Alloh taolo bandalarini toqatlaridan tashqari amallarga buyurmaydi. Ularning holatlarini e’tiborga oladi. Bemor bo'lib qolgan kishining bemorligi hisobga olinadi. Namoz o‘ta ahamiyatli ibodatdir, uni vaqtinchalik bo'lsa ham tark qilib bo‘lmaydi.  Aks holda, banda namozdan uzoqlashib qoladi. Namozdan uzoqlashish esa Alloh taoloning rahmatidan uzoqlashishdir. Ayniqsa bemor banda Alloh taologa yolvorishi, Uning rahmatidan umidvor bo‘lishi matlubdir. Shuning uchun bemor kishi ham imkoni boricha namozini o‘qiyveradi. Bu ham Islomning yengillik dini ekanining yorqin dalilidir. Namozda undan avval yoki uning asnosida paydo bo'lgan bemorlik sababli tik turish uzrli bo‘lib qolsa, o‘tirgan holda ruku’ va sajda qilib o‘qiydi. Agar bemorlik tufayli tik turib namoz o‘qish imkoni bo‘lmasa yoki tik tursa bemorligi ziyoda bo‘lish xavfi bo‘lsa, tuzalishi orqaga surilsa, tik turganda shiddatli alam bo'lsa yoxud boshi aylansa, o‘tirgan holda ruku’ va sajda qilib namoz o‘qiydi.
Bu hukmga dalil quyidagicha: Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Mening bavosirim bor edi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan namoz haqida so‘radim. U zot: “Tik turib o‘qi. Agar qodir bo‘lmasang, o‘tirib o‘qi. Agar qodir bo‘lmasang, yonboshlab o’qi”, dedilar”.
O‘rnidan turib namoz o‘qiy olmaydigan odam o‘tirgan holida ruku’ va sajda qila olmasa, o‘tirgan holida imo bilan namoz o‘qiydi. Ruku’ va sajda qila olmasa-yu, tik turishga qodir bo'lsa ham, o‘tirib, imo bilan namoz o‘qiydi. O'tirgan holda imo bilan namoz o‘qish tik turib imo bilan namoz o‘qishdan yaxshidir. Chunki o‘tirganda yerga yaqin bo'ladi. Imo bilan namoz o‘qigan odam sajdasini ruku’sidan pastroq qiladi. Chunki aslida ham sajda ruku’dan past bo‘ladi. Sajda qilish uchun biror narsani ko‘tarmaydi.
رَوَى الْبَزَّارُ وَالْبَيْهَقِيُّ عَنْ جَابِرٍ وَالطَّبَرَانِيُّ عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّه عَنْهُمَا: أَنَّ التَّي عَادَ مَرِيضًا، فَرَآهُ يُصَلِّي عَلَى وِسَادَةَ، فَأَخَذَهَا فَرَمَى ما، فَأَحَدَ – أَي الْمَرِيضُ – عُودًا لِيُصَلِّي عَلَيْهِ، فَأَخَذَهَا فَرَمَى بِهِ، وَقَالَ: صَلِّ عَلَى الْأَرْضِ إِنِ اسْتَطَعْتَ، وَإِلَّا فَأَوْمِ إِيمَاءً، وَاجْعَلْ سُجُودَكَ أَخْفَضُ من ركوعك».

Bazzor va Bayhaqiy Jobir roziyallohu anhudan, Tabaroniy Ibn Umar roziyallohu anhumodan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir bemorni ko'rgani bordilar. Uning bolish ustiga namoz o'qiyotganini ko'rib, uni olib, otib yubordilar. U ya’ni bemor – bir cho‘pni olib, o‘shanga sajda qilmoqchi bo'ldi. Ul zot uni ham olib, otib yubordilar va: “Agar qodir bo‘lsang, yerga sajda qil, bo‘lmasa imo qil. Sajdangni ruku’ ingdan pastroq qil”, dedilar”.
Imo bilan namoz o‘quvchi bir narsaga boshini egib, peshonasini qo'yib sajda qilsa durust. Ammo boshini egmasdan, u narsani peshonasiga olib borib tekkizsa bo‘lmaydi. Agar o‘tirishga ham qodir bo‘lmasa, qiblaga yuzlangan holda, yonboshlab yoki chalqancha yotib o‘qiydi.
Chalqancha tushganda oyog'ini qiblaga qaratib, tizzalarining ostiga biror narsa qo‘yib, bir oz ko‘tarib qo'yiladi. Shunda qiblaga oyog'ini cho‘zmagan bo‘ladi. Boshining ostiga yostiq qo'yib, yuzi qiblaga qaratiladi. Chalqancha holatda o’qish yaxshiroqdir. Shunda imosi Ka’ba tarafga bo‘ladi. Imo bosh bilan bo‘ladi. Qosh yoki ko‘z bilan bo‘lmaydi. Agar bosh bilan imo qilish ham uzrli bo'lsa, kechga suradi. Ammo namoz soqit bo‘lmaydi. Qodir bo‘lganda uning qazosini o‘qib beradi. Agar o‘sha bemorlikdan tuzalmay vafot qilsa, afv qilinadi. Fidya berish ham lozim bo‘lmaydi.
Imo qilayotgan odam namoz ichida tuzalib qolsa, namozni yangitdan o‘qiydi. Shuningdek, yonboshlab o'qiyotgan odam o‘tirishga qodir bo‘lib qolsa ham, namozni o‘tirgan holda yangitdan boshlaydi. O‘tirgan holda ruku’ va sajda ila namoz o‘qiyotgan odam namoz ichida tuzalib qolsa, tik turgan holda davom ettiradi.

Tayyorladi: Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom bilim yurti 
3-kurs talabasi Maxmudova Muxlisa
Mas'ul ustoz : Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom bilim yurti
katta o’qituvchisi Ibragimova Surayyo

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry