"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida qo’shaloq tadbirlar shukuhi
#Ta’lim_muassasasida_tadbir
#Xayr_mohi_Ramazon
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida bugun 20-aprel kuni "Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat" bo'limi hamda “Qur’on va tajvid” fani o'qituvchisi G.Kenjabek, “Arab tili” fani o‘qituvchisi F.Abzalova boshchiligida Muborak Ramazon oyining so‘nggi kuni munosabai bilan “Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Davrani ochib berish uchun so‘z “O‘quv, malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi” boshlig‘i M.Vaxidovaga berildi. Tadbir davomida ta’lim muassasasining talaba qizlari tamonidan tayyorlangan badiiy chiqish namoyon etildi.
Shuningdek, "Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat" bo'limi uslubchisi M.Ahmedova tomonidan muborak Ramazon oyida "Siz ramazon haqida bilasizmi?" nomli tashkil qilingan musobaqaning yakuniy natijalariga e’lon qilindi. Unga ko‘ra quyidagi 5 nafar ishtirokchi umumiy 76 nafar qatnashuvchilar ichida eng yuqori ball ya’ni 1-o‘rin: Gulziya Akramova 96 ball, 2- o‘rin: Ismoilova Raxuzaxon 91 ball, -o‘rin: Rafiqjonova Shahnoza 89 ball, 3-o‘rin: Rashidova Shahzoda 89 ball, 4-o‘rin: O'rinova Umidaxon 85 ball to‘pladilar hamda ta’lim muassasi tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Tadbir tantanali taqdirlash marosimiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ushbu musobaqanng tashkiliy qismida faol ishtirok etgan talabalar "Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat" bo'limi tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng so‘z “Qur’on va tajvid” fani o‘qituvchi G.Kenjabekka berilib, Ramazon munosabati bilan ustoz tomonidan tashkil qilingan tadbirlar natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Xadichai Kubro” mukofoti ta’lim muassasasi talabalari Yusufiy Ruqayya, Abduqodirova Rohila, Asomiddinova Madina, Abdurasulova Rahnamolarga, “Oishai Siddiqa” mukofoti ta’lim muassasasi talabalari Abdullayeva Zilola, Gʻafurjonova Robiyalarga, “Fotimai Zahro” mukofoti esa Akromnazarova Madinaga topshirildi.
Shundan so‘ng so‘z “Arab tili” fani o‘qituvchisi F.Abzalovaga berilib, Ramazon munosabati bilan ustoz tomonidan tashkil qilingan hamda 4 shart asosida o'tkazilgan “Arab tili musobaqasi” natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Arab tilidan o'zbek tiliga eng chiroyli tarjima sharti bo'yicha 2-kurs talabasi Xo'jayor Naima, O'zbek tilidan arab tiliga eng chiroyli tarjima sharti bo'yicha 2-kurs talabasi Abdurasulova Rahnamo, "Mening qahramonim" mavzusida eng chiroyli hikoya sharti bo'yicha 1-kurs talabasi Akromnazarova Madina, 2-kurs talabasi Nig'matova Muhsina, Arab tilidan testlar javobini topish sharti bo'yicha esa 2-kurs talabasi Abduqodirova Rohila go‘lib deb topilib, faxrli o'rinlarni egalladilar hamda faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan tadqirlandilar.
Tadbir davomida musobaqa ishtirokchilari so’zga chiqib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, xalq uchun tashkil etilgan musobaqa uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirdilar. Tadbir “Iydul fitr” tabrigi hamda duoyi xayrlar bilan yakunlandi.
"Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat" bo'limi boshlig‘i G.Maxamedova