26.04.2023
283

Qalb qotib ketdimi ko’zlar yig’lolmas

Qalb qotib ketdimi ko’zlar yig’lolmas
La’nati nafsim ham haddin bilolmas
Odatga aylandi hunuk amallar
Allohim senga hech ko’ngil yetolmas
Nafs yengdi bu jonni jonim ozorda
Javobim ne bo’lar qaro mozorda
Gunohlar ichiga ko’milib kettim
Dunyo deb atalmish yolg’on bozorda
Oy o’tar, kun o’tar, yillar ham o’tar
Yurakda meni ming iztirob o’rtar
Yod olgan Qur’on ham halqumdan o’tmas
Ahvolim bo’lmoqda kundan kun battar
Qalbim der kelmasmi o’zgarish vaqti
Bu jirkanch dunyoda senga ne yoqdi?!
Va’da qilingan chog’ Robbing jamoli
Kerakmi bu dunyo lazzati taxti
Chorasiz qolgan bir bechora bo’ldim
O’zimni tanimay hayrona bo’ldim
Allohim senga hech oshiq bo’lmadim
Olovga yopishgan parvona bo’ldim
Allohim yordam ber, oshig’ing bo’lay
O’lsam ham sen uchun seni deb o’lay
Allohim qalbimga ishq o’tin solgin 
Jannatda Jamoling bir bora ko’ray

1-kurs Qurbonova Muborak

Другие новости

100 та сир-асрорли ибора
01.05.2025 6
100 та СИР-АСРОРЛИ ИБОРАёхудОДАМЛАР БИЛАНМУЛОҚОТ (оила, уй, ишхона, жамоат жойлари) ДАГИ100 та “СЕҲРЛИ СЎЗ”ниУЛУҒ УСТОЗ УЛАМОЛАРИМИЗ баён қилиб берганлар:(4-қисм)1) Ассалому алайкум!2) Катта раҳмат Сизга!3) Умрбод миннатдорман Сиздан!4) Умрингиз узоқ бўлсин!5)...
Подробнее
Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 205
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 257
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry