03.05.2023
250

INSONNI NAJOTGA ELTUVCHI AMALLARGA DOIR HADISLAR ("RIYOZUS SOLIHIYN" ASARI ASOSIDA)


    Imom, hofiz, faqih, muhaddis Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan al-Hizomiy al-Huvroniy an-Navaviy Islom olamining mo‘tabar olimlaridan sanaladi. Kunyalari - Abu Zakariyo, laqablari-Muhiddin. Ammo Allohga tavozu’ qilib, Muhiddin, deb laqablanishni karih ko‘rganlar. Chunki din doimiy hayot va sobit bo‘lgan narsadir, tiriltiruvchi kishiga muhtoj emasdir, deb aytardilar. («Muhiddin» - dinni tiriltiruvchi, degan ma’noni anglatadi.) Lahmiy u zot haqida: «Meni Muhiddin deb ataydiganlarni do‘st tutmayman, deb aytdilar», deydilar.
    Tug‘ilgan sanalari hijriy 631-yil  muharram oyi. Tarixchilar shunga ittifoq qilishgan (tug‘ilgan sanalari 631-yil muharramning o`rta o`n kunligida).
    Shayx Yosin ibn Yusuf Marokashiy aytadilar: Men shayx Muhyiddinni Navoda ko‘rgan edim. U o`sha paytda o‘n yoshlar atrofida edi. Bolalar uni o‘zlari bilan o‘ynashga majbur qilishar edi. Uni majbur qilishgani uchun yig‘lab shu holatda ham Qur’on o‘qir edi.  Shunda men uni yaxshi ko‘rib qoldim.  Unga Qur’on o‘rgatadigan odamning oldiga borib : “Bu bola o‘z zamonasining olimrog‘i va zohidrog‘i bo‘lishi mumkin, odamlar bundan manfaat topishadi” dedim.  U menga: “Munajjimmisan” dedi. Men: “Yo‘q, lekin Alloh meni shunaqa gapirtirdi” dedim. Bu gap otasiga yetganda unga alohida e‘tibor berishdi va balog‘atga yetmay turib Qur’onni tugatdilar.
Imomning o‘zlaridan rivoyat qilinadi, u kishi dedilar: “O‘n to‘qqiz yoshga kirganimda otam meni Damashqqa olib keldilar. Rovahiyya madrasasida yashadim. Ikki yilga yaqin yonboshimni yerga qo`ymadim. U yerdagi taomim madrasa beradigan ozuqa edi xolos. To‘rt yarim oyda  “at-Tanbeh” ni yodladim, yilning qolganiga  “al-Muhazzab” ning to`rtdan birini yodladim. Shayx Abu Ibrohim  Is’hoq ibn Ahmadni lozim tutdim. Doim mashg`ul bo`lganim va odamlarga aralashmaganim uchun meni yaxshi ko`rib qoldi. Ellik birinchi yilda esa otam bilan birga haj qildim”    Yana imomning o`zlaridan rivoyat qilinadi: "Har kuni bir necha shayx oldida o`n ikkita dars qilar edim.  “Al-Muhazzab”dan bir dars, “Sahih muslim”dan bir dars, “Nahu”dan bir dars, “Islahul Mantiq”dan bir dars,  “Tasrif”dan bir dars, “Asmour Rijol”dan bir dars, “Usulud-din”dan bir dars va hokazo. Bir kun tib ilmi bilan shug‘ullanish fikri kelib qoldi, “Al-Qonun fit-tib”  kitobini sotib oldim va uni o'rganishga yuzlandim. Shunda qalbimga zulmat paydo bo'lib qoldi. Biron bir ish qilishga qodir bo`lmay qoldim. O‘zimning bu  holatim haqida fikr yurita boshladim, menga bu holat qayerdan kelib qoldi? Shunda buning sababi tib bilan shug‘ullanganim ekanini Alloh ilhom qildi. Darhol bu kitobni sotdim va uyimdan tibga tegishli bo`lgan har bir narsani  chiqardim. Natijada qalbim nurga to‘ldi va o‘z holimga qaytdim.".
Navaviyning yozgan  kitoblaridan quyidagilarni sanab o`tiladi:
"Sharhu sahihi muslim", "Riyozus solihin", "Al-Azkor", "Arbain", "Al-Irshad fi ulumil hadis", "At-Taqrib muxtasarul irshod", "Kitobul mubhamat" va yana ko'plab asarlari bizgacha yetib kelgan.
bn Attor Aytadilar : Shayxning kasalliklari haqida menga xabar yetgach oldilariga bordim. Shayx xursand bo‘ldilar. So‘ngra meni ahlim oldiga qaytishimni buyurdilar. Shifo topishga yaqin bo‘lgach Rajabning yigirmanchi kuni men u kishi bilan xayrlashib ketdim.  Hazrat 676-yil Rajabning 24-kunida vafot etdilar.

Ilmiy rahbar: J.Gaipova.
3-kurs talabasi F. Muzaffarxonova 

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 143
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 176
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry