09.05.2023
156

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari faxriy onaxon ziyoratida



9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi uslubchisi Axmedova Muattar va  bir guruh talabalar Shayhontohur tumani Charxnovza  MFY 30-xonadonda istiqomat qiluvchi 1930-yilda tavallud topgan Shukurova Zaytuna ona Mingaliyevnaning ziyoratida bo‘ldilar. 


Zaytuna ona olti o‘g‘il bir qiz farzandning onasi, o‘ttizdan ortiq nevara, evara, chevaralarning buvisi ekanlar. Zaytuna ona xonadoni a‘zolari onaxon boshchiligida  bizlarni samimiy qarshi oldilar.  Zaytuna ona suhbat chog‘ida ikkinchi jahon urushida frontda askarlarga ovqat tayyorlab berish bilan mashg‘ul bo'lganlarini, urush qiyinchiliklarini, ocharchilik va mashaqqatli mehnat bilan o'tkazgan kunlarini  hikoya qilib berdilar.  


Xonadon Zaytuna onaning o'zgacha  nuri bilan fayzli ekani, hovli va bog‘chalar  onaning o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan gullar ifori bilan to‘lib-toshgani bizlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. 
Shuningdek,  Zaytuna ona talaba qizlarimizga o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan gullardan hadya qildilar va shirinliklar ulashdilar. 


Bir piyola choy ustida sal kam bir asr hayotni yashab o‘tgan Zaytuna ona  bilan  bo‘lib o‘tgan ajib suhbat u kishining talabalar, madrasamiz va yurtimiz haqiga qilgan duoi xayrlari bilan yakunlandi.


Talabalar bu tashrifdan o‘zgacha taassurot bilan qaytdilar.

"Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat" bo'limi uslubchisi Axmedova M.

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 74
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 61
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 64
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry