10.05.2023
147

Er-xotinlik munosabatlari tufayli yuzaga keladigan jinoyatlar

 Agar ehromdagi shaxs bir a’zosiga xushbo’y sursa, yoki uzr ila sochini oldirsa, Haramdan bir qo’y so’yadi yoki olti miskinga uch so’ taom sadaqa qiladi, yoxud uch kun ro’za tutadi.
Alloh taolo: 
فمن كان منكم مريضا، أو به أذى من رأسه، ففدية من صيام، أو صدقة، أو نسك 
“Sizdan kim bemor bo’lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo’lsa, unga ro’za tutish, yoki sadaqa berish, yoxud qurbonlik so’yish ila fidya (vojib)”, degan.
Birov haj va umra qilayotgan paytida sochini oldirmasa bo’lmaydigan bir kasalga chalindi yoki boshiga bit tushib ketti, yara chiqib qoldi. Shunga o’xshash hollarda qurbonlik so’yishdan oldin sochini oldiradi-da, xohlasa, uch kun ro’za tutadi yoki oltita miskinga uch so’ taom beradi, xohlasa, bir jonliq so’yib, to’lov to’laydi. Buni shariatda “fidya berish” deyiladi. 
كعب بن عجرة رضى الله عنه  قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم وَالقَمْلُ يَتَنَاثَرُ على وجهي. فقال: ما كُنْتُ أُرَى الوَجَعَ بَلَغَ بِكَ ما أَرَى -أو ما كنت أُرَى الجَهْدَ بلغ بك ما أَرى-! أَتَجِدُ شاة؟ فقلت: لا. فقال: صم ثلاثة أيام، أو أطعم ستة مساكين -لكل مسكين نصف صاع-»
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga meni ko’tarib olib borishdi, bir hashorot yuzimga sachrab tushib turar edi. Ul zot alayhissalom: ”Seni bu holga tushub qolgan deb o’ylamagandim. Qo’ying bormi?” dedilar. Men: ”Yo’q”, dedim. U zot “Uch kun ro’za tut yoki oltita miskinga taom ber. Har bir miskinga yarim so’ ber, so’ng  sochingni  oldir”, dedilar”. (Buxoriy rivoyat qilgan).
- عن كعب بن عجرة رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم مر به زمن الحديبية، فقال له: «آذاك هوام رأسك؟» قال: نعم، فقال له النبي صلى الله عليه وسلم: «احلق رأسك، ثم اذبح شاة نسكا، أو صم ثلاثة أيام، أو أطعم ثلاثة آصع من تمر، على ستة مساكين »
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiya zamonida uning oldidan o’tdilar. U qozonning tagiga o’t yoqar va yuzidan bitlar to’kilib turar edi. Bas, u zot unga: ”Boshingdagi zararkunandalar senga ozor berishdimi?” dedilar.
“Xa”, dedi.
Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga:
“Sochingni oldir. So’ngra qurbonlik uchun bir qo’y so’y yoki uch kun ro’za tut, yoxud oltita miskinni uch so xurmo ila taomlantir”, dedilar”. 
Boshqa bir rivoyatda:
“Mening haqimda xossatan “Sizdan kim bemor bo’lsa …” oyati nozil bo’lgan. U hammaga umumiy bo’lgan”, dedi”, deyilgan
Agar hoji yoki umrachi uzrli yoki uzrsiz holda sochini oldirsa, kiyim kiysa yoki ehrom man qilgan boshqa ishlarni qilsa, shuningdek, vojib amallardan birortasini tark qilsa, unga fidya ado etish vojib bo’ladi.
Arofatda turishdan oldin jinsiy yaqinlik qilish hajni buzadi. Lekin u hajida davom etadi. Jonliq  so’yadi va kelasi yili qazo haj qiladi.                            
أن عمر بن الخطاب ، وعلي بن أبي طالب ، وأبا هريرة: عَنْ رَجُلٍ أَصَابَ أَهْلَهُ وَهُوَ مُحْرِمٌ بِالْحَجِّ ؟ فَقَالُوا : " يَنْفُذَانِ يَمْضِيَانِ لِوَجْهِهِمَا حَتَّى يَقْضِيَا حَجَّهُمَا . ثُمَّ عَلَيْهِمَا حَجُّ قَابِلٍ وَالْهَدْيُ "
“Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan hajga ehrom bog’lagan holida ahliga yaqinlik qilgan kishi haqida so’raldilar. Bas, ular: “Ikkisi kelgan joyidan davom ettirib, hajlarini tamom qiladilar. So’ngra ikkalasiga ham kelgusi yili haj qilishi  va qurbonlik qilishi lozim bo’ladi”, dedilar”.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan er va xotin ehromda bo’lgan holatda ayoli bilan jinsiy aloqa qilib qo’ygan kishi haqida so’ralganlarida, u zot sollallohu alayhi vasallam: ”Ular qo’y so’yadilar va hajlarini davom ettiradilar hamda kelasi yili qazosini o’taydilar”, deganlar. Bir guruh sahobalardan ham huddi shunday rivoyat naql qilingan.
Shofeiy rohmatulloh alayh ushbu masalani Arofatdagi vuqufdan keyingi holatga qiyos qilib: ”Tuya so’yish vojib bo’ladi”, degan. Biz (yuqorida ) rivoyat qilgan hadisning umumiy ma’nosi u kishiga qarshi dalildir. Shuningdek, hajni qazosi vojib bo’lgach, jinoyat ham yengillagan bo’ladi. Xolbuki, qazo manfatli ishni tuzatib qo’yish uchungina vojib bo’ladi. Shunday ekan, (ehromda bo’lgan holda Arofatda vuquf qilishdan oldin jinsiy aloqa qilib qo’ygan kishi) qo’y so’yish bilan kifoyalanadi. Biroq mazkur kishi Arofatdagi vuqufdan so’ng (ayoli bilan jinsiy aloqa qilib qo’yishning hukmi) bunday emas. Chunki (vuqufdan keyin qilgan jinsiy aloqada) hajning qazosi vojib bo’lmaydi (shuning uchun tuya so’yish vojib bo’ladi).

                                                                                                                                       Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Ibrohimova Mastura. 
Ilmiy rahbar: Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o’qituvchisi Ibragimova Surayyo

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 62
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 72
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 223
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry