28.01.2022
561

“AR-ROHMAN” SURASIDAGI BADIIY SAN’AT TURLARI

 

“Ar-Rohman” surasi boshqa suralar kabi har bir oyati lafzu ma’no jihatidan balog‘iy kalom namunasidir. Imom Bayhaqiy Hazrati Ali (karramallohu vajhahu)dan qilgan rivoyatda Payg‘ambar alayhissalom: “Har bir narsaning kelini bor, Qur’onning kelini “Ar-Rohman” surasidir”, deganlar. CHunki bu sura  xuddi kelinlar bezaklari ila boshqalardan farqlanib turganidek, o‘ziga xos uslubi, badiiy san’atlari bilan boshqa suralardan ajralib turadi. SHulardan ba’zilarini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:

Takrir. Mazkur surada takrir uslubi keng qo‘llanilgan bo‘lib, فَبِأَيِّ آَلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ “Bas, (ey, insonlar va jinlar!) Rabbingizning qaysi ne’matlarini inkor etasiz?!”  oyati o‘ttiz bir marta takrorlangan. Bu takrorning o‘ziga xos sabablari bor. Ba’zida Alloh taoloning bergan ne’matlarining zikridan so‘ng shu ne’matining Allohdan ekanini ta’kidlash, uni e’tirof etib shukr qilishga da’vat ma’nosida kelgan bo‘lsa, ba’zida insonning Allohga qilgan isyoni zikridan so‘ng qo‘rqitish, kufrdan qaytarish ma’nosida kelgan.

 Imom Abul Barakot Nasafiy o‘zlarining “Madorik” tafsirlarida “Ar-Rohman” surasi tafsiri so‘ngida quyidagi fikrni yozib qoldirganlar: 

“Fa biayyi alai robbikuma tukazziban” oyati ushbu surada o‘ttiz bir marta takrorlandi, shulardan sakkiz martasi Allohning ajoyib san’ati, qudrati, haloyiqning yaratilishi, ularning qayta tirilish zikridan keyin ettitasida esa do‘zax va uning qiyinchiliklari zikridan keyin (do‘zaxning eshiklari ettitadir) undan keyingi sakkiztasi esa, jannat va uning ahli zikridan keyin (jannatning eshigi sakkizta) kelgan. So‘nggi sakkiztasi esa martabasi pastroq jannat va uning vasfidan keyin kelgan”. هَلْ جَزَاءُ الْإِحْسَانِ إِلَّا الْإِحْسَانُ   ushbu oyatda الْإِحْسَانِ)ihsan) lafzi, رب المشرقين و رب المغربين oyatida رب (robb) lafzi takror kelgan.  7-9- oyatlarda الميزان (mizan) so‘zlari takrorlangan.

Ishtiqoq.  وأقيموا الوزن بالقسط ولا تخسروا الميزان oyatida الوزن (vazn) va الميزان (mizan) so’zlari bir o’zakdan yasalgan.

Muqobala, tazod, tavhim  bir oyatda quyosh bilan oy haqida الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ “Quyosh ham, Oy ham (aniq) hisob bilan (sayr qilur)” yoki poyasi bor va poyasi yo‘q o‘t-o‘lan وَالنَّجْمُ وَالشَّجَرُ يَسْجُدَانِ “Poliz ekinlari va daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo‘yinsunur)”, mashriq va mag‘rib رَبُّ الْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ الْمَغْرِبَيْنِ “(Alloh) ikki mashriqning (ya’ni kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag‘ribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir” hamda er va osmon haqida يَسْأَلُهُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ “Osmonlar va Erdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so‘rar”, shuningdek, ikki ketma-ket kelgan oyatda insonning yaratilishi va jinning yaratilishi, inson sopolsimon qurigan loydan, jin o‘tning alangasidan yaratilgani خَلَقَ الْإِنْسَانَ مِنْ صَلْصَالٍ كَالْفَخَّارِ  “U insonni (Odamni) sopol yanglig‘ obdon quritilgan loydan yaratdi”   وَخَلَقَ الْجَانَّ مِنْ مَارِجٍ مِنْ نَار  “Jinlarni (va Iblisni ham) olovning tutunsiz alangasidan yaratdi”, boqiy va foniy so‘zlari فَانٍ عَلَيْهَا    كُلُّ مَنْ “(Er) yuzidagi barcha mavjudot foniydir”  وَيَبْقَى وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ “Ulug‘lik va Ikrom sohibi bo‘lmish Rabbingizning «yuzi» boqiy qolur” kabi oyatlarda  muqobala, tazod, tavhim usullari qo‘llanilgan. 

Mujmal tashbih.  كأنهن الياقوت والمرجان “Ular(ning badanlari tiniqlik va silliqlikda) go‘yoki yoqut va marjondirlar”. و له الجوار المنشآت في البحر كالأعلام “Uning dengizda (elkanlari) tog‘lardek baland ko‘tarilgan kemalari ham bordir.” Bu oyatlarda mujmal tashbihni ko‘rish mumkin.  فإذا انشقت السماء فكانت وردة كالدهان    “Bas, qachonki, (qiyomat qoyim bo‘lgach) osmonlar yorilib (jahannam haroratidan) yog‘ning durdasi kabi bo‘lur (qizarib qolur).”  Bu oyatda  tamsiliy tashbih bor.

Hazf, taqdim, ta’xir. Suraning ko‘pgina oyatlarida musnad ilayhining musnaddan oldin kelishi yoki aksi hamda hazf (tushurib qoldirilgan) qilingan fe’l, ism va bog‘lovchilar mavjud. 

Majoz. وَالنَّجْمُ وَالشَّجَرُ يَسْجُدَانِ  “Poliz ekinlari (yoki yulduzlar) va daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo‘yinsunur).” Bu oyatdagi sajda qilish o‘t-o‘lan va daraxtlarga nisbatan majozan qo‘llanilgan.

SHuningdek,  “Ar-Rohman” surasida lafzda mutashobih (o‘xshash) bo‘lgan oyatlar juda ko‘p. Surada ikki toifa, ya’ni inson va jinlarga xitob qilinganligi bois, ikkilik sonida ishlatilgan so‘zlar ko‘plab topiladi. Bu ikki toifaga mukofot tarzida beriladigan yuqoridagi jannat va quyiroqdagi jannat ham ikkitadan bo‘lib, ulardagi aytib o‘tilgan ne’matlarda ham ikki soni ishlatilgan. 

YUqoridagi ikki jannatda: فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ  “U ikkisida ikki oqin chashma bordir.” Pastdagi  ikki jannatda: فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ  “U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.”   

YUqoridagi ikki jannatda: فِيهِمَا مِنْ كُل فَاكِهَةٍ زَوْجَانِ  “U ikkisida (jannatning ikki bog‘ida) barcha mevadan ikki navi bordir.” Pastdagi ikki jannatda: فِيهِمَا فَاكِهَةٌ وَنَخْلٌ وَرُمَّانٌ  “U ikkisida (mazkur ikki bog‘da) meva, xurmo va anorlar bordir.” YA’ni ikki meva nomi aytilgan.

   YUqoridagi ikki jannatda:  مُتَّكِئِينَ عَلَى فُرُشٍ بَطَائِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍ وَجَنَى الْجَنَّتَيْنِ دَانٍ “(Jannat ahli) astarlari shoyidan bo‘lgan ko‘rpachalar uzra yastangan holda (o‘tirurlar). U ikki bog‘ning mevasi (uzuvchiga) yaqindir.”  Pastdagi ikki jannatda: مُتَّكِئِينَ عَلَى رَفْرَفٍ خُضْرٍ وَعَبْقَرِيٍّ حِسَانٍ   “(Jannat ahli) yashil yostiqlar va go‘zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o‘tirurlar).”

 YUqoridagi ikki jannatda:  فِيهِنَّ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنْسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَانٌّ  “U (jannat)larda shunday ko‘zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (hur qiz)lar borki, ularga ilgari na inson va na jinlar tekkan.” Pastdagi ikki jannatda:  فِيهِنَّ خَيْرَاتٌ حِسَانٌ   “U (jannat)larda xushxulq va husndor (hur qiz)lar bordir.” 

Mazkur suradagi oyatlar  bilan lafzan mutashobih bo‘lgan oyatlar boshqa suralarda ham ko‘plab topiladi. Ammo bu oyatlar lafzan bir-biriga o‘xshasa-da, maqsad ifodasiga ko‘ra uslublarda farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Qur’oni karim.

2.  Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. – Toshkent: TIU, 2001. 

3.  Rustamiy Salima . Balog‘at ilmi. Toshkent: Zilol buloq, 2020. – B. 156

4.  مدارك التنزيل و خقائق التأويل. عبدالله بن احمد بن محمود النسفي أبو البركات. 

دار الكلم الطيب. بيروت. 1998      

5.  محي الدين الدرويش. اعراب القران و بيانه. مكتب الشاملة.

 

                                                O’zXIA tayanch doktoranti,  Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus

 islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi

  Muxamedxodjaeva Sanobar Abdujalilovna

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 260
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 323
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
QARGʻALAR
08.06.2023 345
Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry