Hayzli ayollar bilan birga taom yeyilmaydimi?
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Yahudiylar ayol kishi hayz ko'rsa, uylarida u bilan birga taom yemas, unga jinsiy yaqinlik qilmas edilar. Sahobalar Nabiy sollollohu alayhi vasallamdan by haqida so'radilar. Bas Alloh: "Sendan haqida so'rarlar. Sen: "U ozor, nopokdir. Bas, hayz paytida ayollarda chetda bo'linglar. Toki, pok bo'lmagunlaricha ularga yaqinlik qilmanglar. Qachon pok bo'lsalar, ularga Alloh amr qilgan tomondan kelinglar", deb ayt" oyatini nozil qildi.Shunda Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: "Nikohdan boshqa hamma narsani qilaveringlar", dedilar. Bu yahudiylarga yetib bordi va ular: "Bu odam bizning ishimizdan birortasini qo'ymay xilof qiladi", deyishdi. Keyin Usayd ibn Huzayra va Abbod ibn Bishrlar kelib: "Ey Allohning Rasuli, yahudiylar bunday, bunday demoqdalar. U ayollarga yaqinlik qilaveraylikmi?" dedilar. Bas, Rasululloh sollohu alayhi vasallamning yuzlari o'zgarib ketdi, hatto bizdan achchiqlari chiqdi, deb o'yladik. Ikkovlari chiqishdi. Shunda ularning qarshisidan Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga hadyaga sut kelib qoldi. U zot ularning ortlaridan sut yuborib, ikkovlariga ichirdilar. Bas, ular u zotning o'zlaridan achchiqlanmaganlarini bildilar". Oyati karima va hadisi sharifda hayz ayol kishi uchun ozor - qiyinchilik ekanini, shu bilan birga nopoklik ekani bayon qilinmoqda. Lekin shu bilan birga, ayollar hayzli paytlarida yeyish, ichish, boshqalar bilan bir uyda yashash va yurish kabi muboh ishlarni bajarishlari mumkin. Hayz va unga oid hukmlardan namoz, ro'za, haj kabi farz ibodatlarga, Qur'on o'qish kabi nafl ibodatlarga, jinsiy yaqinlik kabi ayollar uchun xos bo'lgan turli masalalar kelib chiqadi. Shuning uchun bu hukmlarni bilish har bir ayol kishi uchun vojibdir. Quyida ular haqida qisqacha ma'lumot keltiramiz.
Ayollarga oid qonlar 3 turga bo'linadi:
1.Hayz
2.Nifos
3.Istehoza
Ulardan birinchisi hayz bo'lib u lug'atda "oqish" ma'nosini bildiradi.Shariatda esa balog'atga yetgan ayol jinsining rahmi ichidan tug'ishsiz va bemorliksiz o'zi chiqadigan qon hayz bo'ladi.Tibbiyotda esa qizlar balog'at yoshiga yetgach sodir bo'ladigan jismoniy o'zgarishlardan biri bo'lib, gormonal harakat ta'siri bilan tuxumlar va bachadonning homiladorlikka oyda bir tayyorlanishi va homila bo'lmagani uchun hozirlik mahsulining tashqariga otilishi.Ilk hayz ko'rgan ayol onamiz Hazrati Havvodir.Bu holat o'sha kundan boshlab barcha ayollarda sodir bo'ladi.Hayzning eng oz muddati 3 kechayu 3 kunduz, eng ko'pi esa 10 kun.Eng oz poklik muddati 15 kun, ko'pining esa chegarasi yo'q. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollollohu alayhi vasallam: "Hayzning ozi 3 kundir, ko'pi 10 kundir.Ikki hayz orasining eng ozi 15 kundir", dedilar. Hayz namoz, ro'za, masjidga kirish, baytni tavof qilish va jinsiy yaqinlikni man qiladi. Ro'za qazo qilinadi, namoz qazo qilinmaydi.
Nifos - lug'atda "tug'ish" va "qon" ma'nolarini anglatadi. Shariatda esa bola tug'ilgandan keyin keladigan qondir. Uning ozining chegarasi yo'q. Ko'pi 40 kun. Ummu Salama roziyallohu anhodan qivoyat qilinadi: "Nifos ko'rgan ayollar Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning davrlarida 40 kun o'tirar edilar. Yuzlarimizga narsa toshib ketib, varas surtib olar edik". Egizak tuqqan ayolning nifosi birinchi bolaning tug'ilgan vaqtidan boshlanadi. Muddatidan oldin tushib qolgan homilada birorta barmoqmi yoki shunga o'xshash alomatlar bo'lsa, u homila bola hisoblanadi va onasiga nifosli deb hukm beriladi.
Istihoza - ayol kishining rahmidan odat ya'ni hayz va nifosdan tashqari qon oqishidir. Tibbiyotda esa biror hastalik tufayli bachadondan emas, jinsiy a'zo tomiridan kelgan hidsiz qon. Hayz qoni sog'liq qoni, uzr qoni hastalikdandir. Fotima binti Hubaysh roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Ey Allohning Rasuli, men mustahoza bo'laman", dedi. U zot unga: "Agar hayzning qoni bo'lsa, u qora qon bo'lib, o'zi bilinadi. Qachonki o'sha bo'lsa, o'zingni namozdan tiy. Qachon boshqasi bo'lsa, tahorat qilib namozni o'qiyver. U tomirning uzilishidandir", dedilar".
3-kurs talabasi Baratxojiyeva Mubina