13.05.2023
250

“MUBAYYAN” VA “HIDOYA” ASARLARIDA ZAKOT MASALASINING YORITILISHI

“Mubayyan” aslida “Hidoya”ga suyanib yozilganligi bois faqatgina farqli jihatlari emas, balki o‘xshash jihatlari ham talaygina. Jumladan, zakot kitobi bayonidagi zakot berish kerak bo‘lgan o‘rinlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqsak, deyarli farqlar sezilmaydi:
“Masrafin Tengri debdurur sekkiz, borini aytayin, eshitkaysiz.
       Biri faqiru ikinchi miskin bil, yana uchunchi bordurur omil.
       Yana bordur muallafai qulub, bor beshinchi mukotab, eshit xo‘b.
       Bil, bor oltinchi qarzliq muhtoj, yana g‘oziylar o‘ldiyu hujjoj.
       Sekkizinchi g‘ariblardur, bil, Borini sharhin aytay, eshitkIL.
Der faqir oni shar’ eli, yod ol, kamroq o‘lg‘ay nisobidin anga mol. 
Kasb qilmoqqa qodir o‘lg‘ay ham, xarjdin lek duxli bo‘lg‘ay kam.
Dedi shar’ ul kishig‘a miskin ot, bo‘lmag‘ay anga kasbga qudrat.
Bo‘lmag‘ay anga jinsi dunyo lek, bo‘lmag‘ay hech nimarsaga molik.
Bilki, bor ul kishiga omil ot kim, yig‘ar ul xiroju ushru zakot. 
Bu zamon chu muallafa yo‘qtur, qilmadim hukmini aning mazkur. 
Qaysini shar’ der mukotab, bil, men sanga sharh etay, eshitkil.
Gar qaror etsa xojavu banda, bir baho muddati muayyanda;
Gar ado aylasa bu muddatta, bo‘lg‘ay ozod ul bu fursatta.)
Ushbulardin birisi bor madyun, mustahiq, dema lek, har madyun.
Qarzdin ortug‘in hisob etgil, gar nisobig‘a yetmas, ul fozil,
Bu sifat qarzliqki, dedim ot, bil bu madyunni mustahaqi zakot.
Yana hujjoj birla g‘oziylar, ber zakot, o‘lsalar faqir agar.
Bil, g‘arib uldururki, g‘urbatda - kun kechirgay azobu shiddatda.
Vatanida nechaki bo‘lsa g‘aniy, mustahaki zakot bilgil ani”.
Ya’ni, zakot beriladigan (haqdor) kishilarni Alloh ta’olo (Qur’oni karimda) sakkizta deb aytgan. Barchasini aytayin, eshiting. Biri faqir, ikinchi miskin, yana uchinchisi omil(i zakot)dir (ya’ni, zakot, ushr va xirojni yig‘uvchi kishidir). Yana muallafatul-qulub (qalblari do‘st qilinadigan kishilar). Beshinchisi mukotab (ozod bo‘lishi haqida hojasi bilan ahdlashib, o‘z qimmatiga kafil bo‘lgan qul). Oltinchisi - qarzdor muhtoj; yana (Alloh yo‘lidagi) askarlar va hojilar (ya’ni, fi sabil). Sakkizinchisi g‘ariblardir, bil. Barchasining sharhini aytayin, eshit.
Faqir deb shari’at ahli ul kishini aytadiki, uning moli nisob miqdoridan kamdir. U kasb qilmoqqa ham qodir bo‘ladi, lekin kirimi chiqimidan (xarjidan) kam bo‘ladi. Shari’at ul kishini miskin deb atadiki, uning kasb qilishga qudrati (quvvati) bo‘lmaydi. Lekin unda dunyoning jinsi (narsasi) ham bo‘lmaydi, u hech narsaga molik (ega) emasdir. Bilki, u kishi molik(i zakot) deb ataladiki, u xiroj, ushr va zakotni yig‘adi (unga amali miqdoricha zakotdan beriladi). Bu zamonda muallafatul-qulub (qalbi do‘st qilinadigan kishilar) yo‘qligi uchun uning hukmini zikr qilmadim. Shari’at qaysi kishini mukotab deb ataydi, bilib ol, men senga sharh etay, eshitgil. Agar xoja bilan qul muayyan muddat uchun (kelishib) bir baho ustida qaror qilishsa, agar qul bu muddatda u bahoni ado qilganda u fursatda ozod bo‘ladigan bo‘lsa (ana shu qul mukotabdir). Ushbulardan birisi madyun, ya’ni qarzdordir, lekin har bir qarzdorni ham (zakotga) haqdor deb sanama. Qarzdan ortig‘ini hisoblab chiq, agar u karzidan ortib qol- gan moli nisobiga yetmasa, men ana shu sifatdagi kishini qarz- dor deb atadim, bu qarzdorni zakotga haqdor deb bil. Yana (Alloh yo‘lidagi) hojilar bilan (Alloh yo‘lidagi) askarlardir, agar ular faqir bo‘lsalar, ularga zakot ber. Bil, (ibni sabil) g‘arib uldirki, gurbatda azob va qattiq- chilik bilan kun kechiradi. (Uning moli bordir-u, ammo yonida emas). U o‘z vatanida har qancha ganiy-boy bo‘lsa ham, (g‘arib- likda muhtoj bo‘lgani uchun) uni zakotga haqdor deb bil.
Endi, “Hidoya”da kelgan matnni ko‘rib chiqamiz: “Quduriy rahmatullohi alayh aytadi: «Bu boradagi asos Alloh taoloning «Albatta, sadaqalar (ya’ni, zakotlar) faqat faqirlar, miskinlar, sadaqa yig‘uvchilar, ko‘ngillari (islomga) oshna qilinuvchilar, (pul to‘lab ozod qilinuvchi) qullar, qarzdorlar va Alloh yo‘lida (yurganlarga) hamda musofirlarga berish Alloh (tomoni) dan farz etildi. Alloh ilmli va hikmatli zotdir», degan so‘zidir. Ushbu oyati karimada zikr qilingan sakkiz toifa zakot olishga munosibdirlar. Ushbu sakkiz toifadan bir toifasi, ya’ni, «ko‘ngillari Islomga oshna qilinuvchi kishilar» bundan chiqarilgan, chunki Alloh taolo Islom dinini quvvatli qilib, bunday toifalarga ehtiyoj qolmadi va bunga barcha ulamolar ijmo’ qilganlar. Faqir deb ozgina narsasi bor kishiga, miskin esa, hech narsasi yo‘q kishiga aytiladi. Bu me’yor Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilingan. Bir rivoyatda buning aksi aytilgan. Bularning har birining ham o‘z fikrlariga asos va dalillari bor. Bularning ikkisi (ya’ni, faqir va miskinlar) ikki toifadagi odamlarmi yoki bir toifadagi odamlar bu haqda, inshaalloh, «Vasiyatlar» bobida bayon qilamiz”.
Ko‘rib turganimizdek, ikki mo‘tabar kitob ham zakot oluvchilarning kimlar ekanligini bayon qilishda Alloh taoloning kalomiga suyanmoqdalar. Zero, kitoblar orasida bu mavzuda juz’iy farqlar yo‘qligining sababi ham shunda, Alloh taoloning O‘zi barchasini Qur’oni Karimda batafsil bayon qilgan. 
Endi yana farqli va o‘ziga xos xususiyatlarni taqqoslash maqsadida, tijorat mollaridan olinadigan zakot borasidagi hukmlarni solishtiramiz: 
“Bor uchinchi tijorat amvoli, tut quloq, sanga sharh etay holi.
Har ne andin g‘araz tijoratdur, javharu xoh raxtu xoh otdur.
Ber zakotini mulk o‘lur fursat, gar tijoratga aylasang niyyat.
Qiymatini bularning ayla hisob, oltunu yo kumushgacha bo‘lsa nisob, 
Bergil oltunu kumush hisobi bila tengdurur ushbular nisobi bila.
Kumushu oltunda vazn et javob, munda mazruba birla ayla hisob.
Mustafid o‘lsa el orasida mol, bilki, tojirg‘a anda nedur hol? -
Qo‘shsun ul jinsini ul afzung‘a, tevaga — teva, oltun — oltung‘a. 
Yil ayog‘ida sudu moya sanab, ikisiga desun zakot javob.
Sud uchun soyima gar olding, bil, sen tijorat zakotini bergil.
Nimaki sud uchun olur ersang, olib, oni ijoraga bersang, 
Yoxud o‘zungga har nima olding, sud qilsa, sotarga ko‘z solding,
Nimaki sud uchun olur ersang, olib, oni ijoraga bersang,
Yoxud o‘zungga har nima olding, sud qilsa, sotarg‘a ko‘z solding,
Yo kiroya uchun gar olding ulog, yo tijoratga mazra’a, yo bog‘,
Ushbularkim, dedim birin-birin ot, bilki, vojib emas bulardin zakot.
O‘tkan o‘lsa zakot molig‘a yil, bermagan bo‘lsang ar zakotini, bil,
Gar halok o‘lsa ushbu vaqt nisob, bil, nedur ushbu mas’alaga javob:
Gar tamomiy halok bo‘lsa, zakot soqit o‘lg‘ay tamom ul avkot.
Ba’zi andin agar halok bo‘lur, sokit ul ba’zining zakotini ko‘r.
Kofiri zimmiy bo‘lsa gar tojir, bistyak molidin olur oshir”.
Nazmning ma’nosi: Uchinchi (tur zakot) tijorat mollaridir, quloq tut, senga holatni sharh etay. Har nimaiki, undan maqsad tijorat bo‘lsa, xoh duru gavhar, xoh uy asbob-anjomlari va kiyim-kechak, xoh ot bo‘lsin, agar tijoratni niyat qilgan bo‘lsang, (qo‘lingda) mulk bo‘lgan fursatda zakotini ber. Bularning qiymatini hisobla, to oltin yoki kumushgacha nisob bo‘lsa, oltin va kumush hisobi bilan (zakotini) ber, (chunki) bular nisobi bilan tengdir. Kumush va oltinda javobni (beriladigan zakot miqdorini) tarozuda tort, bunda zarb qilingan (tanga) bilan hisob qil. Agar mol xalq orasida foydalanib turilgan bo‘lsa, bunda tojir uchun qanday hol (yo‘l va ish) bo‘lishini bil; (ko‘rilgan foydaning) o‘z jinsini u ortiqcha molga, (ya’ni, nisobga yetgan molga) qo‘shsin, tuyaga tuyani, oltinga oltinni qo‘shsin; yil oxirida foydani va sarmoyani sanab, ikkisiga zakot javobini aytsin (zakotini bersin). Agar foyda ko‘rish uchun chorva moli olgan bo‘lsang, unda sen tijorat zakotini ber.
Nimaiki foyda ko‘rish uchun oladigan bo‘lsang, uni olib, ijaraga bersang, yoxud o‘zingga har nima olding, foyda keltirsa, deb uni sotishni chamalading, yoki kira qilish uchun ulov olding, yoki tijorat uchun ekinzor yoki bog‘ olding, bilki, men bir-bir nomini aytgan bu narsalardan zakot berish vojib emas. Zakot moli ustidan yil o‘tgan bo‘lsa, agar zakotini bermagan bo‘lsang, shu vaqtda agar nisob halok bo‘lsa, ushbu mas’alaga javob nimadir, bilgin: agar barchasi halok bo‘lsa, u vaqtda zakot butkul soqit bo‘ladi. Agar undan ba’zi qismi halok bo‘lsa, o‘sha halok bo‘lgan qismicha miqdordan zakot soqit bo‘ladi (halok bo‘lmagan qismining zakotini berasan). Agar tijoratchi kofiri zimmiy bo‘lsa (islom panohidagi bedin bo‘lsa), ushrchi uning yigirmadan bir (qism) molidan (zakot) oladi”.
Ana endi “Hidoya”da kelgan matn bilan tanishib chiqamiz: “Qanday mol bo‘lishidan qat’i nazar, tijorat mollarining qiymati tilla yo zarb qilingan kumush narxida nisobga yetsa, undan zakot berish vojibdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tijorat mollarini (kumushga) narxlab, har ikki yuz dirhamdan besh dirham zakot beradi», deganlar. Chunki bu mollar banda tomonidan ko‘paytirish maqsadida hozirlagandir. Shu bois ular shariat tomonidan hozirlangan (tilla va kumush singari) molga o‘xshab qoladi. Shuningdek, ushbu mollarni tijoratga hozirlangani isbotlanishi uchun tijorat niyati bo‘lishi shartdir.
Burhonuddin Marg‘inoniy rahmatullohi alayh aytadilar: Bu xukm Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan qilingan rivoyat. «Mabsut» asarida, Abu Hanifa rahmatullohi alayh yuqoridagi masala bo‘yicha molning narxini belgilashda ixtiyorni mol egasiga berganlar, deyilgan. Chunki narsalarning narxini chiqarishda kumush bilan tillaning narxi barobardir. «Foydalirog‘i» degan so‘zning ma’nosi, (tilla yoki kumushning qaysi biri) nisobga yetsa, shu bilan narx bichiladi, deganidir. Abu Yusuf rahmatullohi alayhdan qilingan rivoyatda, mol egasi (tijorat mollarini) pulga sotib olgan bo‘lsa, sotib olgan pul bilan narxlaydi, chunki molning qiymatini aniqlashda eng qulayi shudir. Agarda tijorat mollarni puldan boshqa narsaga sotib olgan bo‘lsa, ko‘proq iste’molda bo‘lgan pul vositasi bilan narxlaydi, deyilgan. Muhammad rahmatullohi alayhdan qilingan rivoyatda, tijorat molini qanday pulga sotib olgan bo‘lsa ham, ko‘proq muomalada bo‘lib turgan pul bilan narxlaydi, deyilgan. Buning hukmi tortib olingan va ishlatib yuborilgan mol hukmi kabidir.
Quduriy rahmatullohi alayh aytadi: «Nisob mukammal bo‘lishi uchun tijorat mollarining qiymati kumush va tillaga qo‘shib hisob qilinadi. Chunki bularning barchasida zakot vojib bo‘lishining boisi, tijorat maqsadida bo‘lganidandir, garchi ulardagi tayyorlanish jihati farqli bo‘lsa ham». Tillani kumushga qo‘shib hisoblanadi, chunki ular pul bo‘lgani e’tiboridan bir-biriga o‘xshashdir (jinsi birdir). Bu e’tibordan (tilla va kumush) zakot berishga sabab bo‘ldi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhga ko‘ra, tilla va kumushning qiymati bir-biriga qo‘shiladi. Abu Yusuf va Muhammad rahmatullohi alayhga ko‘ra esa, ularning miqdorini (vaznini) e’tiborga olib qo‘shiladi. Va bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan ham qilingan rivoyatdir. Ushbu fikrga ko‘ra, kimning yuz dirham kumushi va besh misqol tillasi bo‘lsa va bu tillaning qiymati yuz dirhamga yetadigan bo‘lsa, Abu Hanifaga ko‘ra, u kishiga zakot vojib bo‘ladi. Abu Yusuf va Muhammad rahmatullohi alayhga ko‘ra, zakot vojib bo‘lmaydi. Chunki bu ikki Imom aytadilarki, tilla va kumushda qiymati emas, miqdor (ya’ni, ayni o‘zi) e’tibor qilinadi. Zero, vazni ikki yuz dirhamdan kamroq, lekin qiymati ikki yuz dirhamdan yuqori bo‘lgan bir idishda zakot vojib emas. Abu Hanifa rahmatullohi alayh aytadilarki, tillani kumushga qo‘shilgani ularning (pullik nuqtai nazaridan) jinsi bir bo‘lgani uchundir. Bu hamjinslik surat (shakl) e’tiboridan emas, qiymat e’tiboridan ro‘yobga chiqadi. Alloh taolo bilguvchiroqdir”.
Guvohi bo‘lganimizdek, “Mubayyan” da “Hidoya”dagi hukmlar mo‘jazroq uslubda yoritilgan. Masalan, tijorat moli bo‘lgan till ava kumushlarni Abu hanifa rohmatullohi alayh hisoblashda ularning narxlari qo‘shiladi, degan bo‘lsalar, ikki imomlar vazni qo‘shiladi, deb fikr bildirishgan. “Hidoya”da ushbu masala ixtilof nega yuzaga kelgani, sabablari bilan bayon qilingan bo‘lsa, “Mubayyan”da faqatgina fatvo berilgan ikki imomning gapi bilan kifoyalangan. Zero, yuqorida ham ko‘p bora ta’kidlaganimizdek, Mirzo Bobur ushbu kitobni shariat ilmida “yangi” bo‘lganlar uchun yozganligi sababli, bu kabi ixtiloflarning keltirilishi ham maqsadga muvofiq bo‘lmas edi.

“Xadichai Kubro” ayol qizlar o‘rta -maxsus islom ta‘lim muassasasi o‘qituvchisi Kenjaboy Gulruh 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry