“Xadichai Kubro” o'rta maxsus ayol-qizlar islom ta'lim muassasasida o'tkazilgan uchrashuv hisoboti
Joriy yilning 13-may kuni Xadicha Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus ta'lim mussasasiga Amerika davlatining bir guruh vakillari, jumladan Monica McLin (delegation from USA), Faye Haselkorn (USAmerikaningAID), Christiane Ochoa (USAID), Sanobar Khudaybergenova (USAID), Lemara Memetova (US Embassy in Tashkent), Shoira Saidkarimova (US Embassy in Tashkent) lar tashrif buyurishdi. Madrasa hayoti bilan tanishish va talaba qizlar bilan jonli suhbatlashish maqsadida kelgan mehmonalarni madrasa direktori Nozima Ibragimova, o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Muattar Ahmedova va madrasa ingliz tili fani o'qituvchisi Guljaxon Saidovalar quchoq ochib kutib olishdi.
Mehmonlar dastavval madrasaning yangi binosi, madrasa shart sharoitlari, sinf xonalari, kutubxona va kompyuter xonalari bilan tanishib madrasa qulayliklari haqida o'zlaring iliq fikrlarini bildirishdi. So'ng mehmonlar yig'ilgan bir guruh talab qizlar bilan jonli muloqotga taklif qilindi. Suhbat davomida talaba qizlar Amerikalik mehmonlarga madrasa tarixi, bugungi hayoti, qulayliklari haqida ingliz tilida ma'lumot berishdi. Talabalarning qiziqishlari va kelajak rejalari haqida qiziqqan vakillar, talabalarning jon-u dil bilan bildirgan ingliz tilidagi erkin va ravon fikrlarini eshitib ularning til savodxonligini ham alohida e'tirof etishdi. Uchrashuv davomida mehmonlar o'zlari haqida ma'lumot berish asnosida talaba qizlardan tashkil qilingan jonli muloqotdan mamnun bo'lganliklarini va madrasaga yana kelish istaklarini bildirib o'tishdi.
Tadbir so'ngida yig'ilganlar bilan esdalik suratlariga tushilib, mehmonlar bilan xayrlashildi.