XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O‘QITUVCHISI "YILNING ENG YAXSHI AQOID FANI O‘QITUVCHISI" TANLOVI NATIJALARI
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi Aqoid fani o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.
Tadbir an’anaga ko‘ra Kur’oni karim tilovati va duoi-xayrlar bilan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Uyg‘un domla Gʻafurov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda 3 ta oliy, 10 ta o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalaridan bir nafardan jami 13 nafar pedagog-o‘qituvchi ishtirok etmoqda. Tanlov ishtirokchilari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
a) bitta mavzu bo‘yicha ochiq dars o‘tib berish
b) Bilet asosida berilgan hozirgi kundagi dolzarb aqidaviy masalaga raddiya berish
v) Bilet asosida berilgan ikkita aqidaviy savolga javob berish
g) Bilet asosida tezkor savol-javob (har bir bilet 3 ta savoldan iborat bo‘lib, aqida ilmi, kalom ilmi olimlari hayoti va ijodi, aqida borasidagi kitoblar).
"Xadichai Kubro" ayol-ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi Aqoid fani o'qituvchisi Muxamedxodjayeva Sanobar
“Yilning eng yaxshi Aqoid fani oʻqituvchisi” Respublika tanlovida ishtirok etdilar. 1,2,3 4-shartlarda ustozimiz muvaffaqiyatli ishtirok ettdilar.
Muxamedxodjayeva Sanobar ustoz "“Yilning eng yaxshi Aqoid fani oʻqituvchisi” Respublika tanlovida umumiy hisob 126 bilan 3-o‘rin oldilar.
Ta‘lim muassasasimiz nomidan ustozimizni muborakbod etamiz!