18.05.2023
292

Islom shariatiga qarz oldi-berdi masalalarining kiritilishi


Islom yengillik dinidir va musulmonlarga oson bo'lishini ko'zlab Alloh Taolo qarz masalasini shariatda joiz sanadi hamda unga bog'liq hukmlar va odoblar insonlarga taqdim etdi. 
     Qarz masalasini shariatga kiritilishining o'ziga xos hikmatlari ko'p, bu InshaAlloh har bir o'quvchiga yaqqol ayon bo'ladi. 
     Har bir ishni go'zal tadbir qilubchi Alloh Taologa hamdlar va shukrlar bo'lsinkim chunki u bandalariga ushbu o'rinda ham qarz muomalasini go'zal holatda o'zining Aziyz kalomida o'rgatib o'tdi.
     Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ko'plab salavot va salomlar bo'lsinki Qarz muomalasini ummatlariga mukammal ravishda etkazdilar va o'rgatdilar.
    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:
    Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Bir kishi insonlarga qarz beruvchi edi va o'g'liga shunday dedi: "Agar kambag'al oldinga kelsa, uning qarzlaridan kech!  Shoyadki, Alloh bizlarning gunkhlarimizdan kechsa. 
     U Zot dedilar: U Allohga yo'liqganida Alloh uning gunohlaridan kechdi.  Muttafaqun alayh.
     Bu hadisda ko'rinib turibdiki, Alloh Taoloni huzurida qarz beruvchini va qarzdan Allohning roziligini istab voz kechganni ham darajasi ulug' bo'ladi.  Albatta qarz beruvchi so'rovchini hojatini yengillatgani sababidan ajr savobga ega bo'lishini biz naqliy va aqliy hujjatlardan bilib oldik.
    Ha, eslatib o'tish lozimki, musulmon kishi soillikdan ( so'rovchilikdan) iloji boricha saqlanishi lozim! Chunki bu haqda hadislarda ham zikr etilgandir. 
    Qarz olishga shariatda ruxsat berilgan deb hojati tushsayu-tushmasa qarz so'rayverish musulmonning odoblaridan emas. Va shu bilan birga uni olgandan keyin uni berishga qodir bo'la turib , bermasdan yurish esa boshqaning haqqidan qo'rqmaslikdir. 
    Alloh barchamizni qarzdor bo'lishdan O'zi asrasin!   Qarzdorlarimizning qarzlarini uzishlarida ularga o'zi yordamchi bo'lsin! 
    Alloh barchamizni o'zidangina qo'rqadigan gunoh ishlardan yiroq bo'ladigan, yaxshi ishlarda peshqadam bo'ladigan taqvodor bandalaridan qilsin, Amin!

3-kurs talabasi Ismatullayeva Odina

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry