21.05.2023
364

Soch ulash va uning sharʼiy hukmlari


Hozirgi kunda pardoz vositalaridan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham muntazam foydalanishmoqda. Shuning uchun, fatvolarga umumiy nazar bilan qarashlik maqsadga muvofiq bo'ladi. Ya'ni soch bo'yoqlari va pardoz vositalaridan foydalanilganda erkak va ayollarga tahoratga oid hukmlar bir xil bo'ladi. 
Muqaddas islom dinida inson hayotida kerak bo'ladigan barcha narsalar haqida batafsil ko'rsatmalar berilgan. Jumladan, insonning o'z tana a'zolariga qanday munosabatda bo'lishi ham batafsil bayon qilingan. Shu ma'noda inson sochiga taalluqli bo'lgan ko'plab ko'rsatmalar kelgan. Hadisi sharifda sochi bor insonlar uni parvarish qilishlari lozimligi buyurilgan. Bu haqida hadisi sharifda shunday xabar berilgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimning sochi bo'lsa, unga ehtirom ko'rsatsin", - dedilar".
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan. 
Shuning uchun sochi bor insonlar uni yuvib-tarab parvarishlab yurishlari lozim bo'ladi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlarini tarashni yaxshi ko'rganlari va ba'zida Oisha roziyallohu anho u zotning sochlarini tarab qo'yishlari rivoyat qilingan.
Soch qanday taraladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ishlarni o'ng tomondan boshlashni yaxshi ko'rganlar va insonlarni ham shunga targ'ib qilganlar. Jumladan, soch tarashda ham u zot o'ng tomondan boshlaganlar. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam barcha ishlarida: poklanishlarida ham, soch tarashlarida ham, oyoq kiyim kiyishlarida ham, qodir bo'lganicha o'ng tomondan boshlashni yaxshi ko'rar edilar". Imom Buxoriy rivoyat qilgan. 
Shuning uchun sochni tarashda o'ng tomondan boshlab tarash mustahab bo'ladi. Sochni vaqti-vaqtida tarab turish sunnat bo'ladi. Ammo haddan ziyod ko'p tarash makruh bo'ladi. Bu haqda hadisi sharifda shunday xabar berilgan: Abdulloh ibn Mug'affal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch tarashdan qaytardilar, faqatgina vaqti-vaqti bilan bo'lsa (ruxsat berdilar)". Ibn Mojadan tashqari beshovi rivoyat qilishgan.  
Hadisdagi "vaqti-vaqti bilan" deya tarjima qilingan "g'ibban" so'zini ba'zi ulamolar "kun ora tarash" deb tushuntirganlar. Shuning uchun mazkur me'yorni saqlash soch tarash odobiga rioya qilish bo'ladi.
Soch ulash mumkinmi? 
Hadisi sharifda soch ulashning joiz emasligi haqida shunday xabar berilgan: 
Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yonlariga bir ayol kelib: "Ey Allohning Rasuli, mening unashtirib qo'yilgan qizim bor. U qizamiq kasaliga chalinib sochlari to'kilib ketdi. (Unga birovning sochini) ulasam bo'ladimi?" - dedi.Shunda u zot: "(Soch) ulovchini ham, uni ulatuvchini ham Alloh la'natlagan", -dedilar", Imom Muslim rivoyat qilgan.  
Shunga ko'ra, ulamolar birovning sochini o'zgaga ulash mutlaqo mumkin emas, deganlar. Chunki shariatda inson sochiga ehtirom ko'rsatish buyurilgan. Ammo soch ulovchi boshqa bir insonning sochini emas, balki pokiza narsadan tayorlangan sun'iy soch ulatsa-chi? Bu masala ayolning turmushga chiqqan yo chiqmaganiga ko'ra ikkiga bo'linadi:
A. Shofe'iy mazhabiga ko'ra agar ayol turmushga chiqmagan bo'lsa, sun'iy soch ulashi mumkin bo'lmaydi. Chunki bunday qilish o'zgani aldashdir. Bitta rivoyatda esa makruh bo'ladi, deyilgan.
B. Turmushga chiqqan ayolning pokiza narsadan tayyorlangan sun'iy soch ulashi haqida uch xil rivoyat kelgan:
1. Agar erining ruxsati bilan ulagan bo'lsa, joiz. Ruxsatisiz ulash joiz emas;
2. Mutlaqo joiz emas;
3. Joiz.
Ushbu uchinchi rivoyat bizning Hanafiy mazhabimizning tutgan yo'li hisoblanadi. Sun'iy soch kiyib olgan inson qanday tahorat qiladi? Sun'iy sochga mas'h tortish joiz emas. Chunki unga mas'h tortish bosh kiyimga mas'h tortish kabi bo'ladi. Shuning uchun sun'iy soch kiyganlar tahorat va g'uslda uni, albatta, yechishlari lozim bo'ladi.

Tayyorladi: 3 kurs talabasi Muhammadnazirova Xadija 
Mas'ul ustoz: "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi direktori Ibragimova Nozima

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 186
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 216
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 397
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry