21.05.2023
251

Diniy ekstremizmning kelib chiqish sabablari.


Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’  deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.   
Qadimdan ma’lumki islom dini O’zbekiston hududlariga 643-644 yillardan boshlab yoyilgan bo’lsa ham bu hududda ne-ne islom dini bilan bog’liq bir nechta asarlar yaratilgandir.Islom ilmlari bizning hududimizga VIII asrda Xuroson (hozirgi Turkmanistonning shimoli-sharqiy qismlaridagi davlat VIII-XIV asrlarda) orqali Movarounnahr (Arablar egallab olgan yerlar- arabcha ,,daryoning narigi tarafi’’ deb o’sha paytlarda Amudaryo va Sirdaryo daryolari orasidagi hududlarga aytilgan)ga kirib kelgan bo’lsa,  IX asrdan boshlab mazkur ilmlar mintaqaning o’zida rivojlandi. Bu davrga kelib, avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to’plami (assihoh as-sita), so’ngra ularning qatorida uch to’plam qo’shilib to’qqiz kitob (alkutub at-tis’a) shakllandi.Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulammolar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi.Islom dini o’sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi islomning jamiyatdagi o’z o’rnini egallashiga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi.Endi savol tug’iladi shunday pok dinni o’zining g’arazli niyatlariga niqob qilib olayotgan insonlarni kim deb atash mumkin. Ular xalifalik qurushni niyat qilishgan ekan. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sollollohu Alayhi Vassalam “xalifalik mendan keyin 30 yildur keyin davlatlar paydo bo’ladi” deb aytganlarini nahot bilishmasa.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bo’lib o’tgan brifingda aytilishicha “Hizbut Harakati Jihod” ‘Da’vat  Ul Irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida O’zbekistonlik (aksariyati Farg’ona vodiysidan) yoshlar Peshovar tumanida joylashgan diniy o’quv yurtlarida “O’qitilmoqda” ekanlar

Ilmiy rahbar Gulrux Mansur
3-kurs talabasi Azimova Lobar

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 143
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 176
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry