22.05.2023
323

Faroiz (me’ros) ilmi haqida


Bandalarga me’rosni o’zi taqsimlab bergan, vasiyat ishini tartibga solgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin. Siz bilan biz ummatlarga bu ilmdan ta’lim berib hayotlari asnosida bu borada hammaga o’rnak bo’lgan Payg’ambarimiz Muhammad mustafo alayhissalomga salovatlar bo’lsin. 
Payg’ambarimiz shunday marhamat qilganlar: “Ey Abu Hurayra Faroizni (Me’ros ilmini) o’rganib, uni o’rgatinglar, ze’ro u ilmning yarmidir va mening ummatimdan birinchi bo’lib unutilinadigan va birinchi bo’lib olinadigan narsadir” deganlar
                                             (Ibn Moja, Dorqutniy va Hokim rivoyati)
Shar’iy ilm ilmlarning eng afzalidir. Faroiz so’zi farz so’zining ko’pligi bo’lib “o’lchash”,  “bayon qilish” degan ma’nolarni bildiradi. 
Me’ros deganda o’lgan odamning ortidan undan qolgan narsani oladigan biron kishining qolishi tushuniladi. 
Qur’oni karimda Niso sura 11-12-176-oyarlarda Alloh taolo me’ros haqida bayon qilib taqsimlab bergan. Payg’ambarimizdan me’ros to’g’risida hadislar vorid bo’lgan. Hozir esa bu ilm bandalari orasida ancha ko’tarilib ketgan. Ba’zi bir odamlar otasi yoki onasi vafot etsa aka ukani yoki opa -singillarni haqlarini yeb hamma o’z haqqini ulushini bilamaganligi va Allohdan qo’rqmaganligi uchun  urush janjallarga sabab bo’lib bir birini haqqini yeyish juda ko’p kuzatilyapti. Ayniqsa qiz farzandni (turmushga chiqqan bo’lsa ham) otadan yoki onadan qolgan me’rosni olishga haqqi yo’q deb aka-ukalar me’ros bo’lib qolgan hovlini bo’lishib qizga hech narsa qoldirishmayapti. Bu esa juda katta gunoxdir. Alloh taolo o’zi farz qilgan narsani bajarmaslikdir. Har birimiz bundan juda ehtiyot bo’lishimiz kerak. 
Me’ros olish 3 sabab bilan bo’ladi:
Nasab yo’li bilan.  Bunga ota-ona, aka-uka opa-singil va yaqin qarindoshlar kiradi
Nikoh yo’li bilan. Bunga er va hotin kiradi.
Qul ozod qilish tufaydi vujudga keladigan me’ros olish haqqi kiradi. Bunda qul ozod bo’lgandan keyin o’lsa hech kimi bo’lmasa uni ozod qilgan sayyidi oladi.
Me’ros olishning arkonlari:
Me’ros qoldiruvchi 
Me’rosxo’r
Me’ros
Alloh farz qilib taqsimlagan me’rosdagi ulushlarga haqlarga hiyonat qilishdan o’zi saqlasin, ofiyat bersin. 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 186
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 216
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 397
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry