07.03.2022
477

Yosh bolalarga xadisi sharifni o‘rgatish usullari

Har bir musulmon ota yoki ona o‘z farzandini amalli, e’tiqodli musulmon bo‘lib etishini xohlaydi. Albatta ilmlarni boshi bo‘lgan Qur’oni karimni yod oldirishdan boshlaydi. Biz bilamizki, Qur’on musulmonlarning muqaddas kitobi shu bilan birga dasturul amalidir. Qur’oni karimni anglash, tushunish albatta, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning so‘zlari, izohlari bilan bo‘ladi. Demak, farzandlarimizga Qur’on yodlatish bilan birga unga amal qilish kerakligini uqtirishimiz kerak. Zero, ilm amali bilan go‘zal, musulmon amali bilan darajaga erishadi. 

Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda borilmog‘i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim, degan xulosaga kelgan. 

Har bir ota ona borki farzandi o‘zidan ko‘ra yuqori darajaga etishiga harakat qiladi. O‘zi institutda o‘qimagan bo‘lsa, farzandim o‘qisin, kelajakda qiynalmasin, deydi. Musulmon kishi bo‘lsa, men kech tushunib etdim, farzandim men singari kech tushunmasin, yoshligidan shu kayfiyatda ulg‘aysin, gunohkor bo‘lib qolmasin, deb harakat qiladi. Dinimiz talabi ham shu. Buning uchun nima qilish kerak, yosh bolaga Alloh va Rasulini tanitgandan keyin, Qur’on va hadisni o‘rgatishga o‘tiladi. Maktab yoshiga etmagan bolaga ta’lim berish tabiiyki ko‘pchilikda qiyinchilik tug‘diradi. Chunki yosh bola hali ta’lim olish yoshiga etmagan bo‘ladi. Demak nima qilishimiz kerak. Yosh bolaga hadisni arabiy matni yoki o‘zbekcha tarjimasini yodlatganiz bilan  eslab qolaolmaydi. SHuning uchun bolani bir amalga o‘rgatishda “Bu Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning sunnati” yoki “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday o‘rgatganlar”, deb ta’kidlab qo‘ysalar, bolaning ongida shu narsa muhrlanib boradi va kelajakda Rasullulloh sallallohu alayhi vasallamning hadislari va sunnatlariga amal qilish kayfiyatida o‘sib ulg‘ayadi.

O‘zbek xalqida bolaning tili chiqar chiqmas kattalarga salom berishga o‘rgatish odati bor. SHu odatni o‘rgatishdan oldin bir og‘iz “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Tanigan tanimaganga salom beringlar”, deganlar”[1], deb ta’kidlab qo‘yilsa bola shunga odatlanib boradi. 

Biror narsa hadya qilinsa, rahmat aytishga odatlantiriladi. Mana shu paytda ham  “bolam rahmat ayt va haqqiga duo qil[2], Rasululloh sallalohu alayhi vasallam bandasiga shukr qilish – Robbisiga shukr qilish deganlar”, deb jajji tilchasi bilan “Rahmat, Alloh rozi bo‘lsin” degan duoga odatlantirsak nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Zero har birimizning asl maqsadimiz Alloh roziligiga erishish. Go‘daklarni duosi inshaalloh ijobat.

 O‘zbek xalqida yana bir yaxshi odat bor. Bu – ertalab uyg‘aonganda albatta yuz qo‘lini yuvib, og‘iz burnini chayish. SHu odatni o‘rgatganda ham  “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday tavsiya qilganlar”[3] deb, ta’kidlab qo‘yilsa. Bola nima uchun bu ishni qilish kerakligi va bunga ajr savobga bo‘lishini bilib voyaga etadi. 

Uch yoshgacha bolada eslab qolish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Agar biz bolaga yuqorida sanab o‘tilgan amallar singari ishlarni bajartirmasdan yodlatadigan bo‘lsak, bola eslab qolmaydi va bizga yoddan aytib beraolmaydi. Biz unga amal qildiraveramiz toki besh olti yoshga etganda biz uni shu amalga undash bilan birga “buni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar”, yoki “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday ta’lim berganlar” qabilida tushuntirish bilan birga hadislarni yodlatib borsak, bola ham amal qilish ko‘nikmasiga ham hadislarni o‘rganish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Agar endi bola ta’lim olish yoshiga etganda, biz unga Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hadislarini rasmlar, multifilmlar va har-xil o‘yinlar, ayniqsa harakatli o‘yinlar, imo-ishoralar (yuz, qo‘l harakatlari) orqali o‘rgatsak zehnida qolishi anchayin samarali bo‘ladi. Maktabga borib, o‘qish yozishni o‘rgangach esa bolalar uchun mo‘ljallangan, rasmli, qiziqarli va qisqa hadislar jamlanmalari, jumboqli va topishmoqli o‘yinlar orqali yod oldirilsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Bolada malollanish hissi bo‘lmaydi, katta qiziqish bilan o‘rganib oladi. Albatta, bu ishlarni Qur’on hifzi bilan birgalikda olib borilsa, juda yaxshi samara beradi. CHunki Qur’oni karim hifzi bolaning yod olish qobiyatini rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Albatta bu ishlarni amalga oshirish uchun ota-onalardan ulkan matonat va mehr-muhabbat  talab etiladi. CHunki bolaga mehr berib o‘rgatilmasa bolada ilmdan, dindan bezish hollari kuzatiladi. Rasululloh salallohu alayhi vasallam bu bora bizga go‘zal o‘rnakdirlar. Rasululloh salallohu alayhi vasallam bolalarga alohida e’tibor, mehr berganlar. Barcha ota-onalarga farzandlarini sof fitratda tarbiya qilish nasib qilsin. Bu ishda O‘zi madadkor bo‘lsin. 

 Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 

o’qituvchisi D.Maxmudova


 

[1] Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинди: "Бир кииш: "Эй, Аллоҳнинг Расули, қайси Ислом яхшидир?" - деди. Ул зот: "(Муҳтожларга) таом беришинг, таниган ва танимаганинга салом беришингдир", дедилар". Имом Бухорий ривояти.

[2] Ибн Умар розияллоҳу анҳумо Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳ васалламнинг шундай деганларини ривоят қилди: "...Ким сизларга яхшилик қилса, сиз ҳам ўшандоқ яхшилик билан қайтаринг. Агар яхшилик қилиш учун бирон нима топа билмасангиз, уни дуо қилингки, яхшилигига жавоб қайтарган бўласиз”. Имом Бухорий ривояти.

[3] Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Пағамбар саллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бирортагиз уйқусидан уйғонса, уч марта бурнини қоқсин. Чунки шайтон унинг димоғида тонг оттиради”, дедилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари. 

Другие новости

Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)
20.07.2023 295
Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan IX asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar...
Подробнее
Qiyomat soati  oyat va hadislar  talqinida
23.05.2023 402
Alloh taolo qiyomat haqida kop bora Quroni karimda aytgan ,bazi oyatlardan uning korinishi ,daxshatli holati ,bazi oyatlarda Rosulullohdan sorab kelishganda javob olaroq zikr qilgan .Biz quyida bazi oyat va hadislarni...
Подробнее
Hadis o’rganuvchilarning odoblari
27.06.2022 470
Sunnat Islom uchun, musulmonlar uchun o’ta muhim manba. Chunki u Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom, ya’ni Alloh taoloning oxirgi va mukammal dinini o’z hayotlarida to’liq tatbiq qilib ko’rsatgan muborak zotning gaplari, ishlari,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry