23.05.2023
254

Qur'oni karim oyatlari talqinida qozilik masalasi

Islom tarixida qozilik mahkamalarining rivojlanishida bilvosita Qur’on va hadislarda kelgan adolat me’yorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ma’lumki,  Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam ilk rivojlanayotgan islom jamiyatini adolat me’yorlari asosida mustahkamlashni bosh maqsad qilib olganlar.
"Qozi" so‘zi arab tilidagi "qazo" fe’lidan olingan bo‘lib, "kesish", "ajratish va "hukm qilish degan ma’nolarni anglatadi. Hanafiy ulamolarining ta’rifiga ko‘ra qonuniy yo‘l bilan xusumatlashayotgan tomonlarni ajratish va nizolarni kesish "qazo" deyilgan. Zamonaviy tadqiqotlarda qozilik mahkamalarining faoliyati hozirgi sudlar faoliyatiga qiyoslangan. Ya’ni qozixonalar bu zamonaviy sud va sudlov tizimining tarixiy shakli. Turkiy xalqlarda qozi "yorug‘chi" deb atalgan.
Qur’on karimda adolat masalalarining musulmon jamiyati uchun muhim ekanligi uqtirilgan. Qur’onda qozi yoki qozilik so‘zlari uchramasa-da, lekin unga dalolat qiluvchi hukm qilishga chaqiruvchi oyatlar mavjud. Ushbu oyatlar islomdagi qozining maqomini belgilab beradi. Masalan, Niso surasi 65-oyatda qozilik kasbi bilan shug‘ullanish sharafli kasb ekanligi borasida shunday deya marhamat qilinadi:
«فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا»
Ma’nosi: "Bas, Rabbingiz haqqi, ular o‘rtalaridan chiqqan nizolarga sizni hakam qilmagunlaricha va so‘ngra chiqargan hukmingizdan dillarida tanglik sezmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor imon keltirmagaylar".

Ushbu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagi voqea bilan bog‘lanadi: Zubayr ibn Avom bilan madinalik bir kishi ekinzorlarini sug‘orish paytida suv navbatini talashib qoldilar. So‘ng mazkur masalada hakam bo‘lishlarini so‘rab Rasullulloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kelishadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam birinchi bo‘lib Zubayr, ikkinchi bo‘lib ansoriy sug‘orib olishiga buyuradilar. Shunda ansoriy: "Zubayr ammangizning o‘g‘li bo‘lgani uchun unga birinchi navbatni berdingizmi?", deb norozilik bildiradi. Ansoriyning so‘zlaridan Rasululluh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari qizarib ketadi va Zubayrga: "Sen birinchi bo‘lib ekinzoringni sug‘or. Suv devorlarning ostigacha chiqsin" dedilar. 
Shu hadisga ilova qilib, Imom Buxoriy aytadi: "Muhammad sollallohu alayhi vasallam har ikki da’vogarga ham yengillik bo‘lsin deb, Zubayrga, garchi u birinchi bo‘lib sug‘orsa ham, tezlik bilan navbatni ansoriyga berishini buyurgan edilar. Ansoriy norozilik bilan nojo‘ya so‘z aytganidan keyin Zubayrga tegishli suv haqqidan mukammal foydalanishga, beodobligi tufayli ansoriyni uzoq navbat kutishga buyurganlar.

Qur’oni karimda kelgan adolat me’yorlarini o‘zida jamlagan oyatlarni o‘rganish orqali islom huquqida yangi bir bo‘lim qozilik odoblari paydo bo‘ldi. Bu sohada asar yozgan faqihlar asosiy e’tiborni qozilik maqomi, lavozimi va uning vakolatlariga qaratganlar. Qozilik odoblari hukm yuritish odoblari mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qozi mahkama jarayonida qay holatda bo‘lishi, o‘zini qanday tutishi, hukmni qanday yuritishi, boshqa qozilar va aholi bilan muomalasi, qozixonaning qayerda bo‘lishi, qozi va qozixona mulozimlarining vazifalari kabi masalalar tahlil etildi.

3-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya
Mas'ul ustoz: Ibrohimova Fotima

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 189
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 219
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 401
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry