24.05.2023
541

Hayzli ayollar uchun man qilingan ishlar va ularga oid hukmlar


         Islom dini ayolning jamiyatdagi o'rni va ta'sirini juda katta baholaydi. Chunki ayollar islom ummatining tarbiyachilari hisoblanadi. Shu sababli ularning bilim olishi, ma'naviyati va ilm tarqatishi birinchi o'rindagi masalalardandir. Ayniqsa, ayollar uchun birinchi navbatda o'rganishi farz bo'lgan ilmlar - ularning o'zlariga xos bo'lgan masalalardir. Bulardan ko'p savollarga sabab bo'luvchisi hayz hisoblanadi. Hayzning ozi 3 kun, ko'pi 10 kun, poklikning ozi 15 kun, ko'pining chegarasi yo'q ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Shuningdek, hayzli ayol hayz paytida bir qancha narsalardan cheklangan. Masalan namoz o'qish, hayz qonini ko'rgan ayol namoz o'qishi harom hisoblamadi va agar namoz o'qisa gunohkor hisoblanadi. Qoldirilgan namzolarni poklik paytida o'qib bermaydi. Ro'za tutish ham harom hisoblanadi, lekin poklik paytida qoldirilgan ro'zalarni, albatta, tutib berishi kerak hisoblanadi. Shuningdek, hayzli va nifosli ayollarning Ka’ban tavf qilishlari harom. Hajga brogan ayol hayz ko’rib qolsa, hajning tavofdan boshqa barcha ruknlarini ado etadi. Faqat farz bo’lgan ziyorat tavofini qilmaydi. Bu holda tavof qilgan bo’lsa, katta gunohdir. Buning uchun mol, sigir yoki tuya so’yib, qurbonlik qilishi kerak. Hayz paytida ayol masjidga kirishi, Qur’on o’qishi va uni ushlashi ham harom. Lekin Qur’oni Karimni o’rgatuvchi ayol bo’lsa uni ushlamasdan, harf-harf, kalima-kalima, hijo-hijo o’qib o’rganuvchilarga saboq berishi mumkin. Shu bilan birga, Qur’oni Karimni tutmasdan, o’qilayotgan Qur’on izidan ta’qib va takror etmasdan tinglashi va qarashi joiz. Qur’onni tinglarkan, sajda oyati o’qilsa sajda qilmaydi, agar qilsa gunohkor bo’ladi. Qur’on oyatlari yozilgan lavhani, qog’ozni ushlashi, Qur’on ma’no tarjimalarini ushlashi harom hisoblanadi. Libosining cheti bilan Qur,onni ushlashi tahriman makruh, lekin Qur’onning o’zidan alohida, ya’ni muqovasiga yopishmagan jild yoki g’ilof ichida bo’lsa ushlashi joiz. Hayzli va nifosli ayolga yaqinlik qilish ham harom. Mulla Xusrav o’zlarining “Durrarul hukkom”  kitobida: “Hayz holida jinsiy munosabatda bo’lishni halol sanagan kimsaga iymondan mahrum bo’ldi deb hukm beriladi”, deganlar. Bunday paytda yaqinlik qilganlar gunohkor bo’ladi va buning kafforoti ham bor. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: “Xotini bilan hayzning ilk kunlarida aloqa qilgan bir dinor (hozirgi kunda 37.000 so’mga teng) so’nngi kunlarida yaqinlik qilgan yaqim dinor sadaqa beradi”. Bunday yaqinlik sog’liqqa ham zarar. Mutaxassis olimlar shunday deydilar: “Ayollardan asosan 13-15 yoshdan 40-45 yoshgacha har oy 22-28 kunda bir keladigan, 3-5 kun davom etadigan va kunda bir-ikkita bo‘zni kirlatadigan miqdorda bachadon yo‘llaridan chiqqan qon tarkibida zaharli oqintilar keladi. Hayz vaqtida bachadon yo‘llaridagi qon tomirlari ochilib ketadi va yarali bo‘ladi, bunday holda jinsiy munosabatayolni azoblaydi, salbiy (makkor va tanbal) mikroblarni uyg’otib yuboradi va hastalikka sabab bo‘ladi. Xususan, belog’riq - bod kasalligini kechirgan ayollarda “gonokok” degan mikroblar faollashadi. Hayz holida ayollarning terlari va qonlari zaharli bo‘lib, yomon hid tarqatadi”. 
        Hayzli ayolning mayyit yuvishi joiz. Bunga dalil Janobi Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallamning: “Mo‘min aslo nopok bo‘lmaydi”, degan hadisi shariflaridir.(Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy).Ayol hayz yoki lohusalik vaqtida vafot etsa, murdasi yuviladi. Yuvilayotganida poklash uchun og’zini va burnini ho‘llash yetarlidir. Hayzdan va lohusalikdan poklash uchun bir marta tahorat qildirish deb va yana bir marta jasadni yuvish deb o‘likni ikki marta yuvish kerak emas (“Fatovoyi majmuayi jadida”). Xoh erkak bo‘lsin, xoh hayzli, xoh hayzsiz ayol bo‘lsin, inson o‘lganidan so‘ng vujudining hech bir yeridan tuk kesish, soch va tirnoq olish joiz emas. Bular bezak va orodir, endi u bezak va oroga muhtoj emas (“Marokul falah”). Hayzli yoki lohusalik holatida ayol avrat joyini tozalashi makruh. Cho‘milganidan so‘ng tozalansa yo tirnoq olsa, bo‘ladi. Avrat joy va qo‘ltiq osti tuklari eng kami yetti kunda, eng ko‘pi bilan qirq kunda tozalanadi. Qirq kundan o‘tmasligi kerak (“Fatavoyi Hindiya”). Xuddi shuningdek, hayzli paytlarida tirnoq olish ham makruh. G’usldan so‘ng olish kerak (“Fatavoyi Hindiya”).  
Tayyorladi: Baratxojiyeva Mubina
Mas’ul ustoz: Nozima Ibragimova
Manbaalar: Ayollarga xos eng zarur fiqhiy masalalar  / Mas’ul muharrir Anvar qori Tursun; nashrga tayyorlovchilar: Muhammad Sharif Juman, Yo’ldosh Eshbek. – Toshkent.: “Sano-standart”, 2017

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 189
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 219
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 401
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry