26.05.2023
254

Vasiyatlar



   "Vasiyat" so'zi bir gapni aytgan kishidan keyin talabini ado etishdir.
Vasiyat mandub sunnat va shariatda bor qurbatdir. Unga Qur‘on, Sunnat va ijmodan dalil bor. Alloh taolo Baqara surasida:

كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ إِن تَرَكَ خَيْرًا الْوَصِيَّةُ الوالدين والأقربينَ بِالْمَعْرُوفِ حَقًّا عَلَى الْمُتَّقِينَ )

«Birortangizga o'lim kelganda, agar u yaxshilik (boylik) qoldirayotgan bo'lsa, ota-ona va qarindoshlarga maʻruf ila vasiyat qilish taqvodorlarning burchi o'laroq sizlarga farz qilindi», deya marhamat qiladi (180-oyat).
Demak, o'lim oldidan vasiyat qilish ham farz ekan. Bu ham taqvoning bir sharti ekan. Agar o'layotgan odam mol-mulk qoldiradigan bo'lsa, o'sha molning kimga qanchasi berilishini vasiyat qilmog'i lozim. Bu vasiyat ota-ona va yaqin kishilarga bo‘ladi. Bu oyati karima meros haqidagi oyatdan avval nozil bo'lgan, keyinchalik meros oyati nozil bo'lib, vasiyat qilmasa ham, o'lgandan qolgan mol meros sifatida yaqin kishilarga bo'lib berilishi bayon qilindi. O‘sha oyatda kimga qancha tegishi ham aytildi. Ota-ona merosxo'rlar qatoriga kirdilar. Ushbu eʻtibordan, endi o'lim kelgan odam "Otamga molimdan buncha berilsin, onamga buncha berilsin", deb vasiyat qila olmaydi. Shuningdek, meros oyatida haqlari bayon qilingan boshqa yaqinlariga ham. Ammo meros oyatida zikr qilinganlardan boshqa kishilarga vasiyat qilsa bo'ladi.
  Homilaning foydasiga va uning haqida vasiyat qilsa, agar vasiyat qilinganidan so'ng homiladorlikning eng qisqa muddatida tug‘ilsa, to'g'ri bo'ladi. Yaʻni bir kishi: «Mening molimdan falonchasini fistonchining homilasidagi bolasiga beringlar», desa, joiz. Chunki homiladagi bola merosga haqli bo'ladi. Vasiyat merosga yaqin narsa bo'lganidan, homiladagi bolaning foydasiga vasiyat qilsa bo'ladi.Shuningdek, kishi o'z yaqinlaridan biriga homiladagi bola to'g'risida «U qil, bu qil», deb vasiyat qilsa ham bo'ladi. 
  Musulmon zimmiyning foydasiga va zimmiy musulmonning foydasiga vasiyat qilsa bo'ladi. Chunki zimmiylar shartnoma asosidagi muomalalarda musulmonlarga qo'shilgan bo'ladi. Omonlik shartnomasi bor g‘ayridinlar ham shu xilda bo'ladilar. Ammo musul- monlar bilan urush holida bo'lganlarga bu kabi ishlar mumkin emas.
  Ajnabiyga uchdan birni vasiyat qilsa bo'ladi. Undan ko‘pni emas.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qililinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, Alloh taolo sizlarga vafotlaringizdan oldin amallaringiz ziyoda bo'lishi uchun mollaringizning uchdan birini sadaqa qilib berdi", dedilar".
bang va darajang ziyoda bo‘lib qolishingdan bir qavmlar manfaat topsalar va boshqalari zarar tortsalar. Allohim, ashoblarimning xijratlarini qabul qilgin va ularni ortlariga qaytarmagin!" dedilar".
Beshovlari rivoyat qilishgan.
O'z vorisiga va bevosita o'zining qotiliga vasiyat qilib bo'lmaydi. Illo, merosxo'rlarning ijozati bilangina qilsa bo'ladi.
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlari- ning vidolashuv hajidagi xutbalarida: "Albatta, Alloh har bir haq egasiga haqqini berdi. Vorisda vasiyat qilish yo'q", dedilar".
Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilishgan. Yaʻni merosxo'rga vasiyat qilish yo'q. U Alloh taolo bo‘lib bergan meros nasibasini oladi.
  Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Vorisga vasiyat qilish yo'q. Illo, merosxo'rlar istasalar, mayli", dedilar".
Doraqutniy rivoyat qilgan.
   Yosh bolaning vasiyati o'tmaydi.
Chunki yosh bolaning o'z zarariga qilgan moliyaviy muomalalarining birortasi o'tmaydi. Vasiyat ham.
Bemor kishi vasiyatidan keyin foydasiga vasiyat qilgan shaxsga nikohlansa, vasiyati botil bo'ladi. Xuddi bemor kishining kofir o'g'li foydasiga qilgan iqrori va vasiyati undan keyin musulmon bo'lsa, botil bo'lganidek.
Hoji yo‘lda vafot etsa va uning nomidan haj qilishni vasiyat qilsa, uning nomidan o'z yurtidan haj qilinadi.

Tayyorladi: Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi Maxmudova Muxlisa
Mas‘ul ustoz: Xadichai Kubro o‘rta maxsus islom bilim yurti katta o‘qtuvchisi Ibragimova Surayyo

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 186
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 216
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 397
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry