28.05.2023
450

Tahorat va unga bog‘liq masalalar


1. Tahoratda to‘rt farz borligiga – qo‘lni yuvish, yuzni yuvish, boshning to‘rtdan biriga mash tortish va oyoqni yuvishning farz ekaniga ahli ilmlar ijmo’ qilganlar .

2. Kimki, boshning hammasiga mash tortsa, farzni mukammal va go‘zal tarzda bajargan bo‘ladi.

3. Og‘izga suv olib yuvish, burunga suv tortib burunni chayishlik, quloqlarga mash qilishlik tahorat amallaridandir.

4. Tahoratda har bir a’zoni yuvish o‘ngdan boshlanishi, soqolga xilol qilish, barmoqlar orasini xilol qilish, misvok ishlatish kabi amallar sunnat ekaniga ahli ilmlar ijmo’ qilganlar.
 

 


5. Namoz vaqti kirishidan ilgari tahorat olgan kishining tahorati komildir.

6. Har bir namoz uchun yangi tahorat olish mustahabdir.

7. Gʻuslda ham, tahoratda ham suvni isrof qilishdan qaytarilgan.

8. Tahoratda ham, g‘uslda ham ishlatiladigan suvning muayyan belgilangan miqdori yo‘qdir. Har kim poklanishi uchun yetarli miqdorda suv ishlatishi kerak.

9. Tahoratda chap a’zodan boshlab yuvgan kishiga qayta tahorat olish lozim emas.

10. Tahoratda a’zolarni bir martadan yuvgan kishi agar a’zolarini mukammal yuvsa, bir martasi ham tahoratga kifoya qiladi.

11. Tahoratda qo‘llarni tirsaklargacha bo‘lgan qismini yuvishlik farz.[2]↴

12. Tahoratda a’zolarni uch martadan ortiq yuvish zulm (gunoh) dir, magar, nuqsonni to‘ldirish uchun bo‘lgani mustasno.

13. Hayolparishon bo‘lib tahoratsiz o‘qilgan namoz qaytariladi, namozning farzlaridan biron amalni unutishlik uning farzligini soqit qilmaydi.

14. Xaloga kirishda "a’uvzu billahi mina-l-xubsi va-l-xobaais", deyishlik mustahabdir.

15. O‘ng qo‘l bilan istinjo qilish tanzihan makruh.

16. Istinjo qilishda, avval tosh yoki kesak, so‘ngra, suv ishlatishlik afzaldir.

17. Suv bilan istinjo qilish sahobalar ijmo’si bilan sunnatdir.

18. Mukammal tahorat olib, so‘ngra mahsi kiygan kishi keyingi tahorat olishida mahsilariga mash qilishi mumkin.

19. Tahorat oluvchi kishi bir oyog‘ini yuvgach, bir mahsisini kiysa, so‘ngra keyingi oyoqni yuvib ikkinchi mahsisini kiysa, u kishi tahoratlidir.
Tayyorlovchi: Muhammadjonova Ziyoda
Mas’ul: Nozima Ibragimova

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry