29.05.2023
249

FIQHGA OID TURLI MASALALAR


   Inson axlatining alohida o‘zini sotish makruhdir. Biror  narsaga aralashgan bo‘lsa, joiz. Hayvonning tezagini sotish joiz. Bu narsalardan o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Hayvonni bichish joiz, insonni emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham bir gal qurbonlikka semiz, ammo bichilgan shoxli qo‘chqorni so‘yganlari rivoyat qilingan. Erkak hayvonni bichsa, yaxshi semirishi ma’lum. Insonni bichish harom va gunohdir. Erkak eshakni baytalga qo‘ysa bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xachir minganlari ma’lum va mashhur. Erkak eshakni baytalga qo‘yganda xachir tug‘iladi. Agar bu ish harom bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xachirni minmas edilar. Meva suvini xamr tayyorlovchiga sotish joiz. Bu “Alloh tijoratni halol qilgan” degan oyatga muvofiq. Chunki sotilgan narsa o‘z holicha tursa, o‘z-o‘zidan gunoh sodir bo‘lmaydi. Xamr bo‘lishi uchun u o‘zgarishi va boshqa holga o‘tishi lozim, ya’ni meva suvining ismi ham, xususiyati ham o‘zgartirilgandan keyingina xamrga aylanadi. Bu ishni qilgan odam gunohkor bo‘ladi, uzumni yoki uning suvini sotgan odam emas. Chunki uzum va uning suvidan turli maqsadlarda, jumladan, shirin, halol, pok va foydali taom hamda ichimlik sifatida ham manfaatlanish mumkin. Musulmon odam qarzdor musulmonning aroq sotib topgan pulidan qarzini qaytarib olishi harom bo‘ladi. Chunki musulmon odam xamr sotishi botildir. Musulmon kishi uchun xamr mol hisoblanmaydi. Uning qiymati yo‘q. Bichilganni xizmatga olish makruh. Baqqolga, undan xohlagan narsasini olish sharti bilan biror narsani qarzga berish makruhdir. Bir kishi baqqolga ma’lum miqdor pulni qarzga beradi va buning evaziga do‘kondan xohlagan narsasini olib turishni shart qiladi. Bu qarz egasiga foyda keltiradigan bo‘lib qoladi. Egasiga foyda keltirgan qarz esa ribo bo‘ladi.
O‘yinlar
Nard, shaxmat o‘ynash, qo‘shiq va barcha behuda narsalar makruhdir. 
   Sulaymon ibn Buraydadan, u kishi otasidan rivoyat qiladi:
  “Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Kim nardani o‘ynasa, xuddi qo‘lini cho‘chqaning qoniga botirgandek bo‘ladi”  dedilar .     Shaxmat ham narda kabi, degan ulamolar shaxmatni ham harom deydilar. Ammo imom Shofe’iy: “Qimor bo’lmasa, vojib narsalardan mashg‘ul qilmasa, zexnni charxlash uchun mubohdir” deganlar. Qo’shiqni makruh degan ulamolar «Odamlar orasida bexuda so’zni sotib oladigan kimsalar bor», oyatidagi «bexuda so’z»ni Ibn Abbos roziyallohu anhu «qo’shiq» deganlarini dalil kilib keltiradilar. Ba’zi ulamolar iyd va nikoh to’yi kunlari qo’shiq bo’lganligi haqidagi rivoyatlarni keltirib, “Odob-axloq, shijoat va shunga o‘xshash narsalarga oid qo‘shiqlar bo‘lsa, joiz, deydilar. Behuda narsalar makruhligiga quyidagi hadis dalildir:
   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Dunyoda behuda narsalarining barchasi botildir. Illo, uch narsa bundan mustasno: kamoningni ishlatishni mashq qilishing, otingni o‘rgatishing va ahlingni o‘ynatishing. Mana bular haqdir”, dedilar.

3-kurs talabasi Amriddinova Nargiza

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry