30.05.2023
55

Yolg‘onni tark qilish buyuk - fazilat

 

عن عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَتْ: مَا كَانَ خُلُقٌ أَبْغَضَ إِلَى رسول الله من الكذب ، وَلَقَدْ كَانَ الرَّجُلُ يَكذِبُ عِنْدَ رَسُولِ الكذبَةَ، فَمَا يَزَالُ في نَفْسِهِ عَلَيْهِ حَتَّى يَعْلَمَ أَنَّهُ قَدْ أَحْدَثَ نْهَا تَوْبَةٌ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبَزَارُ. 
 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun yolg‘ondan ko‘ra yomonroq xulq yo‘q edi. Agar biror kishining sal bo‘lsa ham yolg‘onchi ekanini bilib qolsalar, o‘sha odam tavba qilmagunicha qalblaridan chiqmas edi”.                      
 Bu hadisi sharifda Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallamning yolg‘onchiga bo‘lgan munosabatlari haqida so‘z ketmoqda. U zot alayhissalomning nazdilarida yolg‘ondan ko‘ra yomonroq xulq yo‘q ekan. U zot alayhissalom arzimagan yolg‘on so‘z aytgan odamdan ham o‘sha odam tavba qilmagunicha rozi bo‘lmay yurar ekanlar. Demak, Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamning ummatiman, U zotning shafoatlaridan umidvorman, degan mo‘min banda arzimagan narsada ham yolg‘on gapirmasligi, bilib-bilmay yolg‘onchilik qilib qo‘ygan kishi darhol tavbaga shoshilishi kerak.        Jamiyatning har bir a’zosi yolg‘onchilarga nisbatan murosasiz kurash olib borishda o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilishi lozim.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ota-onaga yaxshilik qilish umrni ziyoda qiladi. Yolg‘on rizqni kamaytiradi. Duo qazoni qaytaradi”, dedilar”.          Ushbu hadisda yolg‘onning bu dunyodagi zararlaridan yerdagi rizqni kamaytirishi zikr qilinyapti. Demak, Alloh taolo yolg‘onchi kishining uyidan, korxona boshlig‘ining korxonasidan, yolg‘onchi podshohning yurtidan baraka  ko‘taradi, rizqlarini qisqartirib qo‘yadi. 
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Men uzi haq bo‘laturib, talashib-tortishishni tark qilgan odamga jannatning sahnida bir uy bo‘lishiga, hazil bo‘lsa ham, yolg‘onni tark qilgan odamga jannatning o‘rtasida bir uy bo‘lishiga va xulqni go‘zal qilgan odamga jannatning yuqorisida bir uy bo‘lishiga kafildirman”, dedilar”, deyilgan.            Bu rivoyatdan nafaqat nohaqdan talashib-tortishish, balki haq bo‘lib turib ham bu ishni qilish yaxshi emasligini bilib olamiz. Chunki nima bo‘lsa ham talashib-tortishish kishilar o‘rtasiga adovat soladi. Shu tufayli jamiyat a’zolari o‘rtasida dushmanlik ruhi tarqaladi. Agar haq bo‘lsa, talashib-tortishmasdan boshqa yaxshi yo‘llar bilan ham maqsadga erishish mumkin.  Go‘zal xulqli inson hammadan go‘zaldir. Islom doimo musulmonlarni go‘zal xulqli bo‘lishga chaqirgan.Yolg‘on so‘z va yolg‘on qasam esa gunohlarning eng qabihi va ayblarning eng yomonidir. Yolg‘on o‘zgaga zarar yetkazgani uchun ham haromdir. Zararning eng kam darajasi shuki, eshituvchi yolg‘onni haqiqat o‘rnida qabul qiladi. Oqibatda, u kishi haqiqatdan behabar kishiga ya’ni johilga aylanadi.        Demak, bu dunyoyu u dunyoning baxtiga erishmoqchi va ikki dunyoning azob-uqubatidan, sharmandaligidan qutilmoqchi bo‘lsak, rizqimizning keng va serob bo‘lishini istasak, yolg‘ondan qutulishimiz lozim ekan. Bu ishda kattayu kichik, erkagu ayol, barobar harakat qilmog‘i lozim.
Alloh taolo barchamizni yolg‘onchilikdan va yolg‘onchilarning kasridan O‘zi asrasin!

2-kurs talabasi M.Muhammadsoliyeva
Mas’ul:“Xadichai Kubro" ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi o‘qituvchisi S.Ibragimova 
  

Другие новости

Abdulla Qahhor
17.09.2023 3
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirib kelgan, ammo u romannafiya va dramaturg sifatida ham ishtirok etadi. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari...
Подробнее
Yolg‘onni tark qilish buyuk fazilatdir
28.05.2023 50
عن عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَتْ: مَا كَانَ خُلُقٌ أَبْغَضَ إِلَى رسول الله من الكذب ، وَلَقَدْ كَانَ الرَّجُلُ يَكذِبُ عِنْدَ رَسُولِ الكذبَةَ، فَمَا يَزَالُ في نَفْسِهِ عَلَيْهِ حَتَّى يَعْلَمَ...
Подробнее
Diniy ekstremizmning kelib chiqish sabablari.
21.05.2023 58
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry