Kimlar meros olaolmaydi?
Meros olishga mone’lik qiluvchi sabablar
«Qatl» oqil, bolig‘, hur kishining meros qoldiruvchini nohaqdan va uzrsiz qasddan o‘ldirishi bu mavzuda ko‘zda tutilgan qatl bo‘ladi. O‘ldirishga sherik bo‘lsa ham. Ota bolasini o‘ldirsa ham. O‘ldirishga birovni yollasa ham. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qotil meros olmaydi”, deb marhamat qilganlar.
Meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rning dini boshqa bo‘lishi. Musulmon odamdan musulmon bo‘lmagan odam meros olmaydi. Shuningdek, musulmon odam musulmon bo‘lmagan odamdan meros olmaydi. Usoma ibn Zayt roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kofirdan meros olmaydi, kofir musulmondan meros olmaydi” dedilar. Murtad – islomdan chiqqan odam ham ololmaydi. Ulamolar ba’zi tavsilotlarida murtad erkak kishi bo‘lsa, uning musulmonlik vaqtida topgan mollarini musulmon merosxo‘rlari taqsimlab olsalar bo‘ladi. Murtadlik xolida topgan mollari esa, baytulmolga qoladi. Agar murtad ayol kishi bo‘lsa, uning merosini musulmon qarindoshlari taqsimlab olsalar bo‘ladi. Zinjiq sirtidan musulmon bo‘lib ko‘rinib, ichida islomga qarshi bo‘lgan, kishining misoli murtadniki kabidir.
Qul ayol va erkak birovdan meros olmagan va ularning merosi ham bo‘lmagan.
Payg‘ambarlik. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan, u zotdan meros qolmagan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dinor ham, dirham ham, qo‘y ham, tuya ham qoldirmadilar. Bir narsani vasiyat ham qilmadilar”. Bu holat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kamtarinliklari dunyo tashvishlaridan uzoqliklaridan alomatdir.
“Li’on”. Bir odam zino qilganidan shubha qilib xotini bilan qozining oldida bir biriga la’nat aytib ajrashgan bo‘lsa va uning homilasi o‘zidan emasligini aytgan bo‘lsa, tug‘ilgan bola xaligi odamdan meros olishdan man qilinadi. Chunki erkak uni meni bolam emas demoqda.
Zino. Zinokor erkak o‘zidan bo‘lgan bolani tan olsa ham bola undan meros olmaydi. Chunki nikoh bo‘lmagan.
Bundan tashqari merosda hajb degan ibora ham bor. Hajb lug‘atda man’ qilish, to‘sish degan ma’noni anglatadi. Shariat istilohida esa, yaqin voris uzoq merosxo‘rni yoki yaqinroq merosxo‘r yaqin merosxo‘rni merosning hammasidan yoki ba’zisidan man’ qilishiga aytiladi. Masalan, bobo bilan ota, ota bor joyda bobo meros olmaydi. Ota bilan o‘g‘il, o‘g‘il bor yerda ota barcha merosni emas, uning oltidan birinigina oladi.
Merosdan to‘silib qoladiganlar. Bular ikki xil bo‘ladi:
Xajbi nuqson
Xajbi xirmon.
Xajmi nuqson – merosdan tegadigan ko‘p ulush ozga aylanib qoladi. Masalan, er-xotinning bolasi bo‘lmasa uning merosini yarmini oladi. Ammo xotinning bolasi bo‘lsa, erga merosning to‘rtdan birisi tegadi. Bunda xotinning bolasi erni xajbi nuqson bilan to‘sgan va merosdagi ulushini kamaytirgan bo‘ladi.
Xajbi xirmon bo‘ladiganlar yetti xil merosxo‘rlar:
2.1 Bobo – u ota bilan xajbi xirmonga uchraydi ya’ni nevarasi o‘lgan bobo o‘z o‘g‘li tirik bo‘lgani uchun nevarasidan qolgan merosdan ololmaydi.
2.2 Momo – u ona bilan xajbi xirmonga uchraydi.
2.3 Ota bir yoki ona bir opa-singillar ular tug‘ishgan o‘g‘il, o‘g‘ilning o‘g‘li va ota bilan xajbi xirmon bo‘ladi.
2.4 Ota bir opa-singillar, ular ota bir ona bir aka-ukalar va ikki ota bir, ona bir opa-singillar borligi bilan merosdan mahrum bo‘ladi.
2.5 Ona bir aka-ukalar ular ota, bobo o‘g‘il, qiz, o‘g‘ilning o‘g‘li va o‘g‘ilning qizi bilan xajbi xirmonga uchraydi.
2.6 O‘g‘ilning qizlari. Ular o‘g‘il, ikki qiz va ulardan ko‘plar bilan asabalari bo‘lmasa, xajbi xirmonga uchraydilar.
2.7 O‘g‘ilning o‘g‘li – u o‘g‘il bilan xajbi xirmonga uchraydi.
“Xadichai Kubro” ayol-qizla o‘rta mahsus islom ta'li muassasas 3 bosqich talabasi Rahmonova Muslimahon