31.05.2023
433

Sajdai sahv haqida tushuncha

       “Sahv” soʻzi lugʻatda “unutish” maʼnosini anglatadi.
       Istilohda esa: Namozda maʼlum bir amallar unutilsa, undan hosil boʻlgan nuqsonni sahv sajdasi qilish ila toʻgʻrilab olish imkoni bor. Bu ham Islom dini yengillik dini ekanligi, Alloh taolo musulmonlarga mehribon ekanligining yorqin dalilidir.
        Namozda xato qilgan odam uni yana qaytarib oʻqimasdan yoki boshqa biror javobgarlikka qolmasdan, ikki marta ortiqcha sajda qilib qoʻyish bilan hamma ish toʻgʻri boʻlib ketaveradi.
        Ma’lumki sajdai sahv borasida Qur’onda birorta oyat kelmagan, lekin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarida bir necha o‘rinlarda o‘zlari amal qilib ko‘rsatganlari va unutib xato qilgan kishini sajdai sahvga buyurganlari haqida ko‘p rivoyatlar kelgan.
Sajdai sahvning vojibligiga dalil:
عنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ و َسَلَّمَ قَالَ : " إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا قَامَ يُصَلِّي جَاءَ الشَّيْطَانُ فَلَبَسَ عَلَيْهِ، حَتَّى لَا يَدْرِي كَمْ صَلَّى، فَإِذَا وَجَدَ ذَلِكَ أَحَدُكُمْ فَلْيَسْجُدْ سَجْدَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ ".
       Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Birortangiz turib namoz o‘qiy boshlasa, albatta shayton kelib uni adashtira boshlaydi, hattoki u qancha namoz o‘qiganini bilmay qoladi. Birortangiz qachon shundoq holni topsa, o‘tirgan holida ikki marta sajda qilsin” dedilar” (Beshovlari rivoyat qilishgan).
       Mazkur hadisda  Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) qancha namoz o‘qiganini bilmagan kishini qa’daga o‘tirgan holida sajdai sahv qilishga buyurmoqdalar.
         Sajdai sahvning salomdan keyin bo’lishiga dalil:
عنْ عَبْدِ اللَّهِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى الظُّهْرَ خَمْسًا، فَقِيلَ لَهُ : أَزِيدَ فِي الصَّلَاةِ ؟ فَقَالَ : " وَمَا ذَاكَ ؟ " قَالَ : صَلَّيْتَ خَمْسًا. فَسَجَدَ سَجْدَتَيْنِ بَعْدَمَا سَلَّمَ.
         Abdulloh  raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
        “ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshinni besh rakat o’qidilar. Bas, u zotga:
“Namozda ziyoda bo’ldimi?” deyildi.
“Nima uchun” dedilar.
“Besh rakat o’qidizgiz”, deyildi. Ul zot salom berganlaridan keyin ikki sahv sajdasini qildilar”.
Sajdai sahvdagi asl qoida Payg`ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamning namozda xatoga yoʻl qoʻyib sajda qilganlariga asoslanadi. Savbon roziyallohu anhuning hadisida aytilishicha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Har bir xato uchun namozdan keyin ikki sajda bor”. Bu ibodatdagi nuqsonni tuzatish, toʻldirish deganidir. Chunki, ibodatni kamoli sifat bilan ado etish vojib boʻladi. Nuqsonni tuzatilmasa, kamoli sifat bilan ado etilmagan boʻladi.
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) namoz o‘qidilar. Ibrohim aytadi: Ziyoda bo‘ldimi yo nuqson bo‘ldimi bilmadim. Salom berganlarida “Yo Rasululloh, namozda biror yangilik bo‘ldimi”? dedilar “Nima uchun”,-dedilar. Shunday shunday (ya’ni besh rak’at) o‘qidingiz dedilar. (Ibrohim Roviy Aytadi) Bas Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oyoqlarini bukib qibla tomonga yuzlanib ikki marta sajda qildilar. Shu asnoda bizga qarab, yuzlanib aytdilar: “Agar namozda biror yangilik bo‘lsa albatta sizlarga xabarini beraman. Lekin men ham sizlarga o‘xshagan insonman, sizlar unutganingizdek, men ham unutaman. Bas  vaqtiki, unutsam, menga eslatinglar. Agar birortangiz namozda shak qilsa, bas to‘g‘risini topsin va unga qarab tugatsin. So‘ngra unutib qilgan xatosi uchun ikki marta sajda qilsin” dedilar. (Abu Dovud va Buxoriy rivoyat qilishgan)
        Mana bu hadislardan hech kim unutib xato qilishdan xoli 
emasligi, unutgan imomiga “Subhonalloh” yoxud “Allohu akbar”deb eslatish lozimligi va unutgan kishiga sajdai sahv vojibligini bilib olamiz. Ulamolar hadisdagi “Qachonki biringiz namozda shak qilsa, to‘g‘risini topsin va unga qarab tugatsin” degan jumlani sharhlab aytadilar: “Shak namozning qaysiligida emas, chunki, qaysi namozni o‘qiyotganligini bilmaslik namozni buzadi.

    Hadisdagi shak qaysi rak’atni bilmasligidadir. Agar bir namozxon qaysi rak’atni o‘qiyotganini bilmasa, gumonining g‘olibiga qarab davom ettiradi va oxirida unutib qilgan xatosi uchun ikki marta sajda qiladi dedilar. Agar unutib qilgan xatosi uchun sajda qilmagan bo‘lsa namozi nuqson bilan to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin uni qayta o‘qishlik lozimdir

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi 3 kurs talabasi Rahmonova Munisa

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry