02.02.2022
494

Bolalarga Qur’on yodlatishning oson usullari

 

Har bir ota-ona borki bolalar sog‘-salomat katta bo‘lishi va ilmli bo‘lib voyaga etishini jon dilidan xohlaydi. Albatta, barcha ilmlarningning boshi Qur’oni Karimdir. Qur’on ummat uchun Alloh Taoloning ne’mativa rahmatdir. U Alloh taolo vasf qilganidek, mo‘minlaning qalblariga hayot baxsh etuvchi ruhdir. Qur’on bir ruh bo‘lib, Alloh taolo u ila hohlagan bandasini tiriltirur. U musulmonlar qalbini porlatib turuvchi nurdir. U mo‘minlar uchun mav’iza, shifo, hidoyat va rahmatdir. SHuning uchun ham bolalarimizga birinchi bo‘lib bu ilmni o‘rgatishga shoshilishimiz kerak.

YOshi kichik farzandlarimizga Qur’onni yodlatish xayr-baraka belgi­si­dir. Avvalo, bu ish ularning xotiralari kuchayishiga sabab bo‘ladi. Qo­la­versa, boshqa ilmlarni o‘zlashtirishga ham yordam beradi. Har bir far­zand sof fitratda, ya’ni pok holda, barcha haqiqatga moyil bo‘lib dunyoga keladi. “Farzandni har ko‘yga soluvchi ota-onasidir”, deb Rasulul­loh sol­­­lal­lohu alayhi va sallam aytganlar. Yodda saqlash qobiliyati har bir farzandda mavjud tug‘ma ne’matlardandir. Aks holda, u ota-onasi­ning ti­li­ni ham bilmagan bo‘lur edi.

Qur’ondan qisqa suralarni yod oldirish nodir hollarda uch yoshdan boshlanadi. O‘rta holda besh yoshdan, etti yoshdan esa bemaloldir. Etti yoshda mukammal “qori” bo‘lganlar juda ko‘p. “YOshlik chog‘ida o‘rganilgan ilm toshga o‘yilgan naqshdek mustahkam bo‘ladi”, deb donishmandlar bejiz aytmaganlar. Kimda-kim Qur’onni yoshi o‘tgandidan keyin yod olsa, yodidan ko‘tarilib ketmasligi uchun uni qayt – qayta  o‘qib turadi va evaziga u kishuga ikki barobar ajr beriladi. Ya’ni katta yoshdagi kishi Qu’ronni yodlashga o‘zini o‘zi majbur qilsa va bu ish unga og‘ir kelsa, Alloh taolo unga ikki barobar ajr yozadi.

Abu Hurayra rozyallohu anuhdan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam :“Kim Qur’onni yoshi kichikligida yod olsa, Alloh taolo Qur’onni uning eti va qoniga singdiradi”, dedilar. Bu hadisdan kim Qur’onni balg‘at yoshiga etmasdan, kichik yoshida yodlasa, Qur’on uning eti va qoniga ta’sir qilishi ma’lum bo‘lmoqda. CHunki bolaning jasadi va aqli o‘sayotgan paytda Qur’on bolaning qalbida, ya’ni u bilar birga bo‘ladi. SHuning uchun ana shunday paytda Qur’on uning eti va qoniga singib ketar ekan.

Hasan Basriy hazratlari: “Bizning oldimizga yoshlaringizni olib keling! CHunki ularning qalblar bo‘sh, eshitgan narsani yod oladigan bo‘ladi. Alloh taolo kimga biror narsani mukammal qilib bermoqchi bo‘lsa, uni yoshlarga beradi”, degan.

Barchamiz uchun go‘zal namuna bo‘lgan Rosululloh sallolohu alayhi vassalam bolalarga biron-bir amaldan ta’lim bermoqchi bo‘lsalar avval bolaga mehr berib, muborak qo‘llari bilan ko‘p boshlarini silar, bag‘arlariga bosib uni erkalar ekanlar. Bolalar o‘z ota-onasidan oladiganda ziyoda mehr-muxabbatga to‘lib-toshib, ularga bog‘lanib qolishar ekan. Ana shundan keyingina biron-bir amalni o‘rgatishni boshlar ekanlar.

Bolalarga Qur’on yodlatishdan oldin ularga Qur’oni Karimga mehr-muxabbat, xurmat, ixlos uyg‘otish kerak. Ana undan keyin Qur’onni to‘g‘ri va tez o‘qish malakasini oshirish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, Qur’oni Karimni ko‘p-ko‘p xatm qildirish maqbul usullardan sanaladi. Buning uchun qisqa suralardan boshlab oyatma-oyat o‘qitib ko‘nikma xosil qilinadi. Muhimi bolani extiyojlariga mos rag‘batlantirib boriladi. Bolani toqatidan ortig‘iga majburlash qat’iy man etiladi. Agar shunday qilinsa bola Qur’ondan bezib qoladi. Achinarlisi, bunday noxush xotira uni katta bo‘lgagnida ham ta’qib qiladi.

Ta’lim sohasida Qur’oni karimni oyatma-oyat yodlash keng yo‘lga qo‘­yil­gan. Bu, albatta, tahsinga sazovor uslub. Ammo oyatlarning uzun­li­gi turlichadir. Misol,ﭽﭬﭼﭽﭵﭼﭽﭑﭼ kalimala­ri ham bir oyat, Baqara surasining to‘liq bir bet hajmidagi 282-oyati ham bir oyat hisob­lanadi. SHu sababdan bolalarga Qur’onni oyatma-oyat emas, balki qatorma-qator yodlash qulayroqdir. Diyorimizda ko‘p yillar davomida sinab ko‘rilib, juda shuhrat qozongan namunaviy uslub: har bir bola o‘z qobiliyatiga yarasha yod olishga mo‘ljallangan tartibda dastlab bir qatordan, so‘ng­ra, zehni ochilgach, ikki-uch qatordan yodlashda davom etadi. SHu tarzda borgan sari yod olish qobiliyati oshib, to‘rt-besh hatto, undan ham ko‘pi­ni yodlovchilar bo‘ladi.

Ushbu uslubning qiziqarli tomoni shundaki, yodlaganini ustoz diqqatidan bir marta o‘tkazganicha boshqa takrorlamasdan, yangi dars olib yodlab boraveradi. Shu tartibda Qur’onni yilda bir marta to‘liq yodlab o‘tkazadi.

Qur’oni yod olish qorining najot topishi va jannatda darajasi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Olim kishi ham yodlash orqali olimlik maqomiga erishadi. Qur’onni yod olish zakovat, fasohat,bayon va chiroyli xulqlarga ega bo‘lishiga olib keladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarning Qur’onni yod olganlarini tanlab olar va ularni biror joyga yuboraytganlarida: “U erda sizlarning ko‘proq Qur’on yodlaganingiz imomlikka o‘tsin!” deb tayinlar edilar. Sahobalardan bo‘lgan shahidar bir joyga yig‘ilsa, qabrga qo‘yishda ham Qur’ondan ko‘proq yodlaganlarini oldinga qo‘yar va ularni ko‘mishda o‘zlari ham qatnashar edilar.

Jobir roziyallohu anhudan: “Uhud kuni Rasulullohga ikki mayit barobar keltirildi. Uzot: “Ularning qay biri ko‘proq Qur’on yodlagan?” deb so‘radilar. O‘sha kishi ko‘rsatilganida uni lahadda ham oldinga qo‘ydilar va: “Men qiyomat kuni ularga guvoh bo‘laman,” dedilar. Ularni yuvmasdan, qonlari bilan ko‘mishga buyurdilar”.Bundan malum bo‘ladiki Quron yodlovchilarga Allohning izni bilan juda ko‘p nematlar va fazilatlar hamda go‘zal maqomlar beriladi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar

o‘rta-maxsus ta’lim muassasasi 

o’qituvchisi G.Qurbonova

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 260
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 323
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
QARGʻALAR
08.06.2023 345
Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry