URGʻOCHI ASALARI
URGʻOCHI ASALARI
وَأَوۡحَىٰ رَبُّكَ إِلَى ٱلنَّحۡلِ أَنِ ٱتَّخِذِي مِنَ ٱلۡجِبَالِ بُيُوتٗا وَمِنَ ٱلشَّجَرِ وَمِمَّا يَعۡرِشُونَ ٦٨ ثُمَّ كُلِي مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ فَٱسۡلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلٗاۚ يَخۡرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابٞ مُّخۡتَلِفٌ أَلۡوَٰنُهُۥ فِيهِ شِفَآءٞ لِّلنَّاسِۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَةٗ لِّقَوۡمٖ يَتَفَكَّرُونَ ٦٩
Robbingiz (Ey Muhammad)
asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: «Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yuringiz!» Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.» («Nahl» surasi, 68-69-oyatlar)
Asalari to‘dalaridagi ko‘plab arilarning har biri uchun alohida vazifa tayinlangan bo‘lib, erkak asalari bundan mustasnodir. Erkak asalarilar na uyani himoya qilish va na uni tozalash, na ovqat to‘plash va na asal uchun in yasash va na asal qilishda o‘z hissasini qo‘shadi. Erkak asalarilarning uyadagi birdan-bir vazifasi ona arini urug‘lantirishdan iborat. Reproduktiv a’zolardan tashqari, erkak asalarilar boshqa arilarda bo‘lgan xususiyatlardan deyarli birortasiga ham ega emas va shuning uchun ham ular ona asalarilarni urug‘lantirishdan boshqa biror ishni bajarishi mumkin emas.
Ishchi asalarilar to‘daning butun og‘irligini o‘z bo‘yniga oladilar. Ular xuddi ona aridek urg‘ochi bo‘lsalar-da, ularning tuxumdonlari yetilmaydi. Bu esa ularni bepushtlik holatida saqlab turadi. Ularning ado etadigan bir qator yumushlari mavjud: uyani tozalash, lichinkalar va yosh arilarni boqish, ona ari va erkak asalarilarni oziqlantirish, asal yetishtirish, asal uchun in qurish va uni ta’mirlash, uyani shamollatish va uning xavfsizligini ta’minlash, nektar, gulchang, suv va yelim kabi zaxiralarni to‘plash va ularni uyada g‘amlash.
Arabchada fe’llarning ikki xil ishlatilishi kuzatiladi. Ularning ishlatilishiga qarab, eganing ayol yoki erkak ekanligini aniqlash mumkin. Darhaqiqat, yuqoridagi oyatlarda asalarilar uchun ishlatilgan (og‘ma yozuvli so‘zlar) fe’llar ayollar uchun ishla-tiladigan fe’l shaklida qo‘llanilgan. Qur’on bu orqali asal qilishda mehnat qiladigan asalarilarning urg‘ochi ekanligini ta’kidlamoqda.
Tayyorladi: 2-kurs talabasi Ibrohimjonova Bibisora
Masʼul ustoz: M Nigmatova