"XADICHAI KUBRO" AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN TO'G'RI FOYDALANISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
7-iyun kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi "Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi" uslubchisi Axmedova M. boshchiligida barcha kurs talabalariga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish haqida majlis o‘tkazildi.
Yig‘ilishda talabalar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 6-iyun kuni chiqarilgan 1690-sonli buyruq bilan yaqindan tanishtirildilar. Buyruqqa ko‘ra, talabalarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlariga tegishli bo‘lgan profillar orqali noqonuniy diniy ta‘limdan saboq berish, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish mumkin emasligi ma'lum qilindi. Shu kabi holatlar yuzasidan Ma‘muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan belgilangan tartibda choralar ko'rilishi haqida ogohlantirildi. Shu jumladan, talablar O'zbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi "Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 10-son qarori bilan yaqindan tanishdilar.
Yig‘ilish so‘ngida talablar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
"Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi" uslubchisi Axmedova M.